Pushtu tili

Материал из УзЭнц
Pushtu tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Pushtu tili, afgʻon tili, pashtu — eroniy tillarnchnt sharqiy guruhiga mansub tillardan biri; Afgʻonistondagi ikkinchi rasmiy tildan (dari tili bilan birga) bittasi. Afgʻonistonning Qandahor, Jalolobod, Gʻazna, Xost, Farax viloyatlari va Ko-bul shahrida, Pokistonning Vaziriston, Balujiston va boshqa hududlarida, Peshovar shahrida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 25 mln. kishidan ortiq boʻlib, ularning uchdan ikki qismi Pokistonda yashaydi. Koʻp sonli hududiy va qabilaviy lahjalar asosan 2 guruhni tashkil etadi: sharqiy yoki peshovarjalolobod lahjasi va gʻarbiy yoki qandahor laxjasi; shuningdek, jan. laxja ham (Afgʻonistonning Paktiya viloyati) farqlanadi. Pushtu tilida undoshlar 30 ta; boshqa eroniy tillardan farqlanuvchi undosh tovushlarga ega; urgʻu dinamik xususiyatli, urgʻularning oʻzgaruvchanligiga qarab soʻzlarning maʼnolari farqlanadi; grammatik qurilishi uchun otlarning flektivligi kuchlidir.

Adabiy Pushtu tili 2 lahjali asosga ega boʻlib, Afgʻonistonda oʻziga nisbatan qadimiyroq va boyroq yozma anʼanalarga ega boʻlgan dari tili bilan yonma-yon qoʻllanish sharoitida rivojlanmoqda. Adabiy Pushtu tili avval nisbatan kam meʼyorlangan va rasmiy hujjatlar doirasida, ijtimoiy-siyosiy amaliyotda kam qoʻllangan, lekin uning qoʻllanish doirasi tobora kengayib bormoqda: tilni meʼyorlashtirish choralari koʻrilmoqda, izohli va ikki tilli lugʻatlar, soʻz va grammatik shakllarni meʼyoriy qoʻllashga doyr maxsus ishlar chop etilmoqda, terminologiya shakllantirilmoqda va shahrik. Pushtu tili arab-fors yozuvidan unga Pushtu tiliga xos boʻlgan tovushlarni ifodalovchi harflarni qoʻshish yoʻli bilan foydalanadi. Dastlabki yozma manbalari 16-asrga taallukli.

Anvar Ismoilov, Ahmadjon Quronbekov.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil