Qalmoq tili

Материал из УзЭнц
Qalmoq tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 xal}-
-{ISO 639-3 xal}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qalmoq tilimoʻgʻul tillarilan biri; asosan, RFning Qalmogʻiston Respublikasida, Astraxon va Rostov viloyatlari hamda Stavropol oʻlkasida, qisman XXR va Qirgʻizistonda tarqalgan. Qalmoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 180 ming kishiga yaqin (oʻtgan asrning oxirlari).

Qalmoq tili 2 ta — torgut va derbet lahjalariga, bu lahjalar esa oʻz navbatida shevalarga ajraladi. Fonetik belgilari: choʻziq, qisqa va noaniq, kuchsiz talaffuz etiladigan fonemalarga egaligi, tanglay garmoniyasining mavjudligi va lab garmoniyasining yoʻqligi va boshqalar Morfologik belgilari: 8 kelishikning mavjudligi, grammatik jins kategoriyasining yoʻqligi va boshqalar Leksikasida sanskrit, tibet, xitoy, arab, fors va turkiy tillardan, keyingi davrlarda esa rus tilidan kirib oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Qalmoqlar 1648 yildan 1924 yil gacha moʻgʻul yozuvining zayapandit (buddaviylik targʻibotchisi Zaya Pandit nomidan) koʻrinishidan foydalanganlar. Bu yozuvda koʻplab adabiyot yaratilgan boʻlib, ularning aksariyati 1819-asrlarga mansub. 1924 yildan rus grafikasi asosidagi, 1931 yildan lotin grafikasi asosidagi, 1938 yildan yana rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan.

Adabiyot[править | править код]

  • Pyurbeyev G.S., Grammatika kalmshkogo yazmka. Sintaksis, Elista, 1979; Grammatika kalmmskogo yazmka. Fonetika i morfologiya, Elista, 1983; Bardayev E.Ch., Sovremennmy kalmnskiy yazmk. Leksikologiya, Elista, 1985.