Qoʻmiq tili

Материал из УзЭнц
Qo'miq tili
Milliy nomi: -{къумукъ тил}-
Mamlakatlar: Dog'iston
Checheniston
Shimoliy Osetiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Dogʻiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 426 212[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 kum}-
-{ISO 639-3 kum}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qoʻmiq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; RFning Dogʻiston, qisman Checheniston, Ingushiya, Shim. Osetiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 282 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Qoʻmiq tilida asosan 3 ta: boʻynoq, qaytaq, xasavyurt lahjalari farqlanadi. Ularda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Qoʻmiq tili qipchoq guruhiga mansub boʻlsa-da, unda oʻgʻuz tillariga xos belgilar ham kuzatiladi.

Adabiy Qoʻmiq tili 20-asr boshlarida xasavyurt va boʻynoq lahjalari asosida shakllangan (uning ogʻzaki soʻzlashuv shakli qadimdan mavjud). Yozuvi 17-asr oʻrtalaridan 1928 yilgacha arab grafikasi, 1929—38 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlib, 1939 yildan rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Qoʻmiq tilida gaz., jur.lar chop etiladi, koʻplab ijtimoiysiyosiy va badiiy adabiyot, boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun darsliklar nashr qilinmoqda.

Qoʻmiq tili

Qoʻmiq tili — Dog'istonda davlat tili maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Qoʻmiq tilida gaplashuvchilar soni 400—500 ming kishi. Qoʻmiq tili Dogʻistonning olti „adabiy tillarining“ biridir. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan. Qoʻmiq tili turkiy tillarning qipchoq butogʻining gʻarbiy qipchoq guruhiga kiradi. U qorachoy, bulgar, noʻgʻoy, qaraim, qirim tatarlari tillariga juda yaqindir. Qoʻmiq yozma yodgorliklari 16 asrdan belgili. 17-asrdan boshlab Shimoliy Kavkazdagi rus hokimyati bilan aloqada rasmiy til hizmatini bajargan. Qoʻmiqlar qadimdan arab alifbosini foydalanib keldi 1928-yili lotin, 1938-yili kirill alifbosiga almashtirildi. Grammatikasida oʻgʻiz tillarning, Kavkaz xalqlari tillarining taʼsiri ayon. Lugʻat tarkibida rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchiraydi. Qoʻmiq tili qaytagʻ, ter, buynaq, xasavyurt deb nomlanadigan dialektlariga ajraladi.

Orfografiya[править | править код]

Lotin alifbosi (1927—1937)[править | править код]

Qo'miq alifbosi lotin alifbosidagi kitob (1935).
A a B v C c Ç ç D d E e F f G g
Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m N n
Ŋ ŋ O o Ɵ ɵ P p Q q R r S s Ş ş
T t U u V v W w X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill alifbosi (1937 yildan)[править | править код]

А а Б б В в Г г Гъ гъ Гь гь Д д Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л
М м Н н Нг нг О о Оь оь П п Р р С с
Т т У у Уь уь Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я

Yangi lotin alifbosi[править | править код]

A a Ä ä B b C c Ç ç Č č D d E e
F f G g Ğ ğ H h I ı İ i J j K k
L l M m N n Ñ ñ O o Ö ö P p Q q
R r S s Ş ş T t U u Ü ü W w X x
Y y Z z

Manbalar[править | править код]