Qoʻqon

Материал из УзЭнц
Shahar
Qoʻqon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Farg'ona viloyati
Koordinatalari 40°31′43″N 70°56′33″E / 40.52861°N 70.94250°E / 40.52861; 70.94250Koordinatalari: 40°31′43″N 70°56′33″E / 40.52861°N 70.94250°E / 40.52861; 70.94250
Hokim Ma'rufjon Usmonov
Ilk eslatilishi X asr
Avvalgi nomlari Havoqand
Maydoni 40 km²
Markazi balandligi 409±1 m
Iqlim tipi keskin kontinental
Rasmiy tili o'zbek
Aholisi 400 900 kishi nafar (2018)
Zichlik 5997.5 kishi/km²
Aglomeratsiya 550 ming taxminan
Milliy tarkibi oʻzbek, rus, tatar, koreys, tojik
Konfessiyaviy tarkibi musulmonlar, xristianlar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 0 73
Pochta indeksi 150700
Pochta indekslari 150700

150701 150702 150703 150704 150705 150706 150707 150708 150709 150710 150711 150712

Avtomobil kodi 40
Rasmiy sayti http://www.qoqon.uz/
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

Qoʻqon (рус. Кока́нд) — Farg‘ona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosining quyi oqimida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 239.900 (2016-yil).

Shahar tarixi Qoʻqon xonligining tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Shuningdek, u Fargʻona viloyatidadagi eng katta shaharlardan biri. U vodiydagi transport qadimiy karvon yoʻllar kesishgan joyda joylashgan edi.

Tarixi[править | править код]

Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [masalan, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" [yaʼni, "hu (ku) qabilasi — elati shahri"] versiyalari ham bor. Qadimiy Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan.[1]

Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Afsuski, u paytlarda yozma manbalar qoldirishga katta eʼtibor berilmagan. Qoʻqon qadimda Janubiy va Sharqiy Osiyoga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi.

19-asr[править | править код]

Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi podsho qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-gubernatorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877 yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻldi.

Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan.

Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham mahsulotlar xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari ("Andreyev shirkati", "Rossiya jamiyati", "Kavkaz va Merkuriy", "Eron savdo-sanoat shirkati", "Sharqiy jamiyat" va boshqalar) tashkil qilingan.

20-asr[править | править код]

1913 yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi "Madrasai xishtin" (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani "Soʻfiyon" (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda "Sadoi Fargʻona", "Yangi Fargʻona", "Qoʻqon sadosi" gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida mamlakatdagi qiyin ahvoldan foydalanib, Qoʻqonda "Turkiston muhtoriyati" eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu qonli harakatning markazi Qoʻqon bolsheviklar tomoniga oʻtdi (1918 yil fevral). 1918 yilda Qoʻqonda sovetlar hokimiyati oʻrnatildi.

Ўлкамизнинг шаҳар ва қишлоқларида ХХ аср бошларида аввал “шайтон ўйини”, кейинчалик “ёввойи ўйин” деб ном олган ўйинлар пайдо бўлди. Гарчанд ҳозирги футболга унчалик ўҳшамаса ҳам майдон ва кўчаларни чангитиб ташкил этилан бу ўйин, кенг кулоч ёза бошлаганди. Маҳаллий ёшлар ўша даврларда чор Россиясининг ўлкамизда ҳизмат бурчини ўтаётган ҳарбийлари бўш вақтиларини қандай ўтказишлари билан қизиқар эдилар. Улар кўп вақтларини бу ерлар учун янги бошланган футбол ўйинига бағишлашар эди. Харбий қисмларларга яқин бўлган қишлоқдаги ёш йигитлар “янги” ўйинга катта қизиқиш билдириб, ҳар бир ўйинни завқ билан томоша қилишади. Оҳир оқибат харбийларга тақлид қилиб, ёшлар ўзлари майсали текис майдон топиб, у ерга дарвозалар учун устунлар ўрнатиб, ўзига хос футбол майдони яратишади. Албатда майдон тайёрлаш, чим ёткизиш, устунларни тиклаш қўқонлик йигитлар учун қийин иш эмасди. Энг муҳими футбол ўйнаш учун тўп топиш керак эди. Албатда у вақт дўконларда копток топиш мумкин эмасди, аскарлардан эса фақат катта пулга сотиб олиш мумкин эди. Шундай бўлишига қарамай, удабурон йигитлар, футболга бўлган иштиёқ катталигидан ўзлари копток ясайдилар. Йигитлар орасида турли касбдаги усталар борлиги бу ерда қўл келади. Улардан бири косибликдан хабари борлиги учун, чаримдан тўп тикиб кўради, лекин уни шишириш учун камера топилмайди. Улар тўпнинг ичига турли енгил латта-путталарни жойлаштириб шу тариқа биринчи марта ўзларича тўп ўйнай бошлайдилар. Бироз вакт ўткач бу футболга фидои йигитлар пул бириктириб аскарлардан хақиқий тўпни харид қилиб олишади.

Шу тариқа 1912 йили Ўлкамизда биринчи бўлиб, Қўқон шаҳрида футбол жамоаси тузилади. Жамоа аъзолари олдинига ўзаро ўйнашади, кейинчалик харбийлар билан рақиблик қилишади. Илк учрашвуларда йирик ҳисобда мағлубиятга учраб келган қўқонлик йигитлар, кейинчалик ўзаро ўйинларда дуранг ва ғолиб бўла бўлашади, хатто йирик ҳисобда ҳам ютиққа эришадилар. Албатда бундай муваффақиятларни ривожлантириш учун бошқа кучли жамоалар билан учрашишлари ва ўзларининг кучларини синаб кўришлари лозим эди. Тез орада Фарғона шаҳридаги харбий горнизонинг терма жамоаси билан ўртоқлик учрашуви ўтказган қўқонликлар кичик ҳисобда бўлса ҳам, мағлубиятга учрашадилар. Бу мағлубият қўқонликларнинг ғурурини паймон қилади ва жавоб учрашув – “реванш”, ўйинига тайёралик кўришади. Орадан бир ой ўтиб Қўқондаги ўзларининг майдонда жавоб учрашувини ўтказадилар. Бу ўйинга кўплаб муҳлислар ҳам келишади. Ўйин муросасиз ўтади. Шунга қарамай қўқонлик йигитлар бу ўйинда ғалаба қозонишади. Энди қўқонлик ишқибозлар орасида савдогарлар, бой одамлар пайдо бўлади. Жадидликнинг, ва умуман ўша пайт, ўлкамизнинг маънавий-маданий марказига айланган Қўқон шаҳрида юртимизнинг энг илғор ёшлари йиғилишганди. Футбол эса келажаги катта спорт тури эканлигини тушуниб етган бу марифатпарварлар хар томонлама миллий. ўзбек футбол жамоасини тузишга интилишади. Шу тариқа 1912 йили Қўқон шаҳрида “Музкоманда” (“Мусульмонлар жамоаси”) тузилади. Афсуски, “Музкоманда”нинг илк таркиби маълум эмас, бу хақдаги маълумотлар, хужжатлар сақланиб қолмаган, лекин хақимизнинг орасида афсона ва ривоятларга айланиб қолган футболчилар хақида кўплаб хотиралар гапирилиб келинади. Бу жамоа мамлакитимиз футболини ривожланишида ҳам катта роль ўйнайди. “Музкоманда” Фарғона водийси бўйлаб жуда кўплаб шаҳарлар ва қишлоқларда ўртоқлик учрашувлар ўтказади.

Sovet davrida[править | править код]

Sovet hukumati shaharda 2018-yil 20-fevral kuni oʻrnatilgan. Urushgacha boʻlgan "pyatiletkalar" davomida shahar industrial markazga aylandi.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida shahar mehnatkashlari frontga kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon joʻnatib turdilar. Shahar aholisi front uchun 10,7 million rubl pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi Sovet Ittifoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Qoʻqon Fargʻona viloyatining (Fargʻona shahridan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, "Ulugʻbek", "Qoʻqon-adyol", "Shohi-atlas toʻqish", "Koʻnchi", "Zilol", "Qoʻqon yogʻ-moy", "Qoʻqonnon", "Qoʻqongoʻsht", "Qoʻqonspirt", "Mastona" korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, "Elektromash" zavodlari, mashinasozlik, gʻisht, ishlab chiqarish, superfosfat, "Qoʻqon" ishlab chiqarish, mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyabzal, trikotaj-tikuvchilik fabrikalari ishlab turibdi.

Ijtimoiy infratuzilmasi[править | править код]

Pedagogika instituti (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud. 19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.

Qoʻqon shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda "Qoʻqon adabiy muhiti" mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gulxan, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va boshqa; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodira, Dilshod, Barno, Anbar otin, Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-asr oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon Nosir, Amin Umariy va boshqa ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Qoʻqon tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud ("Tarixi jahonnoma", "Shohnomai Umarxon". "Muntaxob ug-tavorix", "Ansob us salotin vatavorixul-havokin" va boshqalar).

Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Qoʻqondagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasi (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-asrning 2-yarmi), Kamol qozi madrasasi (1941) va boshqa ham saqlangan.

Mustaqillik yillari[править | править код]

Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyobon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 telestudiya, ("Muloqot", "Yolqin") ishlaydi, 4 gazeta chop etiladi. K.dan Fargʻona yirik shaharlariga va viloyatning markaziga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Manbalar[править | править код]

  1. Ошибка цитирования Неверный тег <ref>; для сносок :0 не указан текст

Adabiyot[править | править код]


Шаблон:Fargʻona viloyati