Qodir Gʻulomov

Материал из УзЭнц
Gʻulomov Qodir Gʻofurovich
Gʻulomov Qodir Gʻofurovich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Prezident: Islom Karimov
Oʻtmishdoshi: Yuriy Agzamov
Vorisi: Ruslan Mirzayev
 
Tavalludi: 15-fevral 1945 (1945-02-15) (79 yosh)
Toshkent
 
Mukofotlari:

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti

Gʻulomov Qodir Gʻafurovich (1945.15.2, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari d-ri (1980). Moskva davlat universitetini tugatgan (1968). Ayni paytda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutda ishlagan (1967-68). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim (1969-70), Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1971—88). "Fizika—Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktor muovini (1988—89), Bosh direktori (1989—99), Oʻzbekiston FA Bosh ilmiy kotibi (1991—99), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri (2000—2005). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadro fizikasi, elemen-tar zarralar fizikasi, materialshunoslik sohalariga oid. Uning rahbarligida turli tipdagi quyosh kollektorlari, fotobatareyalar, yangi abraziv uskunalar, izolyatorlar va keramik buyumlar yaratildi hamda ularni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983)[1].

Manbalar[править | править код]