Qoraqalpoq universiteti

Материал из УзЭнц

Qoraqalpoq universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — Qoraqalpogʻistondagi eng yirik olin oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kalrlar tayyorlaydi. 1976 yil Nukus shahrida Qoraqalpoq ped. instituti (1934 yil asos solingan) negizida tashkil etilgan. 1992 yil 26 yanvarda Verdaq nomi berilgan. Universitetda 16 f-g (matematika, fizika, kimyo, iqtisodiyot, moliya, xorijiy tillar. muhandislik-qurilish, yurilik, tabiatshunoslik, musiqa va jismoniy tarbiya. tarix. filol., magistratura, sirtqi tabi-iy-iqtisod, sirtqi gumanitar, maxsus sirtqi) va bir boʻlim (jurialistika), 49 kafelra. 30 lan ortiq oʻquv va ilmiy laboratoriya bor. Universitetla pi-leokonferensiya oʻtkazishga moʻljallangan "Lektor" tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek. oʻquv. ilmiy. oʻqitish jarayonini texnik taʼminlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, marketing xizmati, monitoring boʻlimlari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, oʻquv-metodik, test, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, axborot informaiion texnologiyalar va masofadan oʻqitish. mintaqaviy til oʻrganish, maʼnaviyat va maʼrifat, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazlari, bahs-munozara klubi faoliyat kursatadi. Universitetda sanatoriy-profilaktoriy, "Umid" sport sogʻlomlashtirish orom-gohi, oʻquv-amaliyot bazasi, 26 kompyuter sinfi, Berdaq milliy muzeyi, arxeologiya, botanika va zool. muzeylari, madaniyat saroyi, tennis korti. sport majmuasi. amfiteatr, "Xurlimon" ansambli, teatr-studiya. biznes maktabi, 3 akademik lipey, yuridik klinika mavjud. Asosiy kutubxonasida 470 mingdan ziyod asar saqlanadi. Universitet 36 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar. 26 ixtisoslik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda 8 mutaxas-sislikboʻyicha aspirantura (1978 yil tashkil etilgan), 2 mutaxassislik boʻyicha doktorantura (1993 yil tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatadi. 2004/2005 oʻquv yili universitetda 6875 talaba taʼlim oldi, 462 oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan Oʻzbekiston FAning 3 akad., 22 fan doktori va prof., 163 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2000—2004 yillar chet el grantlari asosida 147 ming AQSH dollari miqyaorida ilmiy tadqiqotlar ishlari bajarildi. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli universitet va institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati Ch.A.Abdirov, M.K.Nur-muhamedov, K. M. Mambstov. S.K.Kamo-lov, Q.Oʻteniyozov, J. B. Bozorboyev. A.D .Davletov. T.B.Yeshchanov, H. Hamidov. A.Baxiyev. T. Izpmbetov. X. Bobojonov, A.Bekbasov. J. Matmuratov, J.Qutlimuratov. A.Otarov, L.B.Xvan, Yu.Paxratlinov, Q.A. Ismoilov, N.U. Uteuliyev. B.J.Matmuratov. K.Zaretdinov. Ye.Bijanov. S. Qosbergenov, Ye.D. Qoʻtiboyeva va boshqa profoʻqituvchilar nomi bilan bogliq. Universitet tashkil topgantan beri 2005 yilgacha 20 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

Universitetda "Qoraqalpoq universiteti" gaz. chiqali. Universitet uzining kichik bos-maxonasiga ega boʻlib. unda prof.oʻqituvchilarning ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari chop etiladi.