Radjabov, Telman Dadayevich

Версия от 14:15, 4 июля 2021; Sf7 uz (обсуждение | вклад) (Text replacement - "{{stub}}" to "{{Zagotovka}}")

Telman Dadayevich Radjabov (1935-yil 15-avgust, Samarqand, OʻzSSR) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1983). Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959).

Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (195965), Fizikatexnika instituti (1969 yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, lab. mudiri (1966—86), Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalash-konstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti) rektori (1992—98), shu universitet qoshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar oʻquv markazi direktori (1998—2001), oʻsha institutda kafedra mudiri (1999 yildan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yoʻldoshlarni faol elektrostatik muhofazalash, korroziyaga qarshi qoplamalar olish va maxsus ion manbalari yaratish, turli materiallar va qoplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalash masalalari va boshqalarga doir.

Radjabov rahbarligida xalq xoʻjaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritish, biologik preparatlarni liofil usulda quritish va boshqalar) uchun sanoat qurilmalari yaratildi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar

Adabiyotlar

  • Модификация свойств тонкиx металлическиx плёнок и покрытий под воздействием ионного облучения(rus.); Vladivostok, 1991;
  • Materiallar va qoplamalar sirti xossalarini ion bilan nurlantirib modifikatsiyalash, Toshkent, 1993.

Havolalar

Шаблон:OʻzME