Rassel, Bertran

Материал из УзЭнц
Gʻarbiy falsafa
XX asr
Rassell 1907 yilda

Ism

Bertrand Arthur William Russell, Earl Russell III

Tavalludi

18-may 1872-yil(1872-05-18), Uels

Vafoti

2-fevral 1970-yil(1970-02-02)
(97 yoshda), Uels

Falsafa maktabi

Tahliliy falsafa
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1950)

Asosiy qiziqishlari

Etika, epistemologiya, mantiq, matematika, til falsafasi, fan falsafasi, ateizm

Mashhur fikrlari

Mantiqiy atomizm, taʼriflar nazariyasi, Rassell paradoksi, Rassell choynagi

Olgan taʼsirlari

Leybnits, Yum, Mur, Mak-Taggart, Frege, Uaythed, Vitgenshteyn, Mill, Peyn

Koʻrsatgan taʼsirlari

Tahliliy falsafa, Vitgenshteyn, Ayer, Karnap, Gyodel, Popper, Karl, Kuayn, Xomskiy, Ostin, Kripke, Shlik, Tarskiy, Vaysman, Devidson

Bertran Artur Vilyam Rassel, (ингл. Bertrand Arthur William Russell, Earl Russell III; (18 may 1872-yil – 2 fevral 1970-yil)) britan faylasufi, tarixchi, matematik, patsifist, ratsionalist, Qirollik jamiyati aʼzosi, Nobel mukofoti va "Xizmatlari uchun" ordeni laureati boʻlgan.

Buyuk Britaniya va AQShda bir necha universitetlarning professori. 1908 yildan London qirollik jamiyati aʼzosi. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Uning fikricha, falsafa oʻz muammolarini tabiiyot ilmidan oladi, uning vazifasi — tabiiyot ilmi tamoyillari va tushunchalarini tahlil qilish va tushuntirishdan iborat.

Matematikani mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktiv-aksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. "Matematika asoslari" (A. Uaythed bilan birgalikda; 1—3 jildlar, 1910—13) asarini yozgan.

Rassel oʻzining sotsiologik qarashlari bilan psixologizmga yaqinlashgan. Uning fikricha, tarixiy jarayon va odamlarning xatti-harakati asosida instinkt, hissiyot yotadi.

Rassel obyektiv tarixiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin emas, deb hisoblagan. U yadro qurolini taʻqiqlash va tinch-totuv yashash siyosatining tarafdori boʻlgan.

Paguosh harakati tashabbuskorlaridan biri. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1950).

Manbalar[править | править код]