Rossiya: различия между версиями
м
Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}"
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: YevroOsiyo) |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}") |
||
(не показано 5 промежуточных версий этого же участника) | |||
Строка 1:
{{Rossiya Federatsiyasi bilgiquti}}
'''Rossiya''' ({{lang-ru|Россия}}), shuningdek rasman ''Rossiya Federatsiyasi'' ({{lang-ru|Российская Федерация}}) - maydoni jihatidan dunyoda eng katta davlat. U sharqiy [[Yevropa]] va shimoliy [[Osiyo]]da joylashgan. Konstitutsiyasiga binoan maydoni 17.125.191 km² ni, aholisi 146.781.095 kishini (2019) tashkil qiladi. [[Xaridorlik qobiliyati pariteti]] boʻyicha hisoblangan [[YaIM]] boʻyicha mamlakat dunyoda 6-oʻrinda turadi.
Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barents, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shimoliy Muz okeani), [[Bering dengizi|Bering]], [[Oxota dengizi|Oxota]], [[Yapon dengizi|Yapon dengizlari]] (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan.
Poytaxti — [[Moskva]] shahri. Davlat tili — rus tili.
== Maʼmuriy tuzilishi ==
Maʼmuriy jihatdan 85 subyekt: 22 respublika, 9 oʻlka, 46 viloyat, 3 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg, Sevastopol), 4 muxtor okrug, 1 muxtor viloyat (Yahudiylar)ga boʻlinadi.
Rossiyada jami 157 ming aholi punktlari mavjud. 2000 yil Markaziy, Shimoli-gʻarbiy, Janubiy, Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq federal okruglari tashkil etildi.
== Davlat tuzumi ==
Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul
== Tabiati ==
Строка 8 ⟶ 19 :
== Relyefi ==
== Geologik tuzilishi ==
Строка 25 ⟶ 36 :
Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar — qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari — sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi.
== Hayvonot dunyosi juda
Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.
Строка 31 ⟶ 42 :
== Aholisi ==
Rossiyada
Davlat tili — rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi.
Yirik shaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg (oldingi Leningrad), Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqalar.
== Tarixi ==
9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qad. Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qad. rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 yil)dan soʻng Kdd. Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223 yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236 yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237 yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240 yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242 yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
Строка 54 ⟶ 67 :
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816—23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853— 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70—80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa
OʻzR suverenitetini 1992-yil 20-martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001 yil tuzilgan; RF Kommunistok partiyasi, 1993 yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, RF Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari — tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.▼
Milliy bayramlari — 12 iyun — Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyabr — Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12 dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).
▲Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003 yil asos solingan;
== Xoʻjaligi ==
Rossiya —
== Sanoati ==
Rossiya
Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver sh.larida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Qishloq xoʻjaligiga
Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.
Строка 76 ⟶ 93 :
== Tashqi savdosi ==
Rossiya —
== Tibbiy xizmati ==
Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot FA muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
== Maorifi, ilmiy va
Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda kabul etilgan RF Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot FA, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik FA, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.
Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I. Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000 i. mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, [[Kreml|Moskva Kremli]], Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "SpasskLutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Rossiyada 5758 nomda
Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.
Строка 94 ⟶ 111 :
Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 — 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Kad. rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030—40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045—50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12—13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli — chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.
Строка 100 ⟶ 118 :
18-asr — 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757 yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. M.F. Kazakov, A.N .Voronixin, A. D. Zaharov, K.I.Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: I. Ye. Repin, I. N. Kramskoy, N.A.Yaroshenko, S.V.Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.
1917 yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. K.S.Malevich, Ye.Ye.Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. A. A. Benua, K.A.Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda 2-jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma
Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Reshetnikov, A.A.Plastov, portret janrida M.S.Saryan, V.M.Oreshnikov, karikaturada B.I.Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Goryayev, estampda G.S.Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda N.V.Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.
Строка 127 ⟶ 145 :
== Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari ==
{{Asosiy|Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari}}
O‘zbekiston bilan Rossiya munosabatlari strategik sheriklik darajasidadir.
Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron [[Amir Temur]] zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.▼
Mamlakatlar o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir ikki yuzdan ziyod hujjat qabul qilingan. 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ularning eng muhimlaridir. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq tarixga ega.
16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.▼
▲
▲16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada
20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat mustaqil boʻlganidan soʻng, ular oʻrtasida aloqalar yangidan oʻrnatila boshlandi. Oʻzbekiston Prezidenti [[Islom Karimov|Islom Karimovning]] 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti [[Vladimir Putin|Vladimir Putinning]] 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998—2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi.
RF bilan OʻzR oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqlashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shart-sharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.
2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSh dollariga yetdi. OʻzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, meva-sabzavot mahsuloti va boshqalar yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashina-uskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, dori-darmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqalar keltiriladi.
Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli OʻzR da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqalar oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozlikda avvalgi kooperatsiya aloqalari saqlanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash haqida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi.
Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmoqda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan OʻzR ga delegatsiyalar kelib turadi, ular OʻzR xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat
▲Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat FA lari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston BA oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Mamlakat tuzilishi ==
Строка 182 ⟶ 214 :
* [[Petrozavodsk]]
* [[Vladivostok]]
* [[Tomsk shahri|Tomsk]]
* [[Rostov-na-Donu]]
* [[Grozniy]]
Строка 208 ⟶ 241 :
Oʻrmon zonasining shimoliy qismi(tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan Sahrdagi tayga-toʻng tuproqlarda igna bargli tayga daraxtlari – sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan janubroqda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayrogʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligida oʻrmon zonasining chekka janubida eman, joʻka va boshqa Keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va togʻ kashtan tuproq, Kaspiyboʻyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxak tuproqlar uchraydi. -->
{{Yevropa}}
{{MDH}}
Строка 218 ⟶ 250 :
{{G 20 sammitlari}}
{{Rossiya Prezidenti}}
== Manbalar ==
{{
{{
[[
[[
[[
[[Category:Transkontinental davlatlar]]
|