Rossiya

Материал из УзЭнц
(перенаправлено с «Rossiya Federatsiyasi»)
Rossiya Federatsiyasi
-{Российская Федерация}-
Rossiya Federatsiyasi davlat bayrogʻi   Rossiya Federatsiyasi davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: "Русь" (Rus)
Madhiya: Rossiya Federatsiyasining Davlat Madhiyasi
Rossiya Federatsiyasi Xaritasi
Rossiya Federatsiyasi Xaritasi
Poytaxt Moskva
Rasmiy til(lar) Ruscha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
 • Prezident Vladimir Putin
 • Bosh Vazir Dmitriy Medvedev
Mustaqillik   Sovet Ittifogʼidan
 • Sana 24 avgust 1991
Maydon  
 • Butun 17,098,246 -{km²}- (1-)
 • Suv (%) 4,22
Aholi  
 • 2013 roʻyxat 143.548.980 kishi (9- oʻrin)
 • Zichlik 8,36 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun $ 2,376 trln. (6-)
 • Jon boshiga $ 16 687
Pul birligi Rus Rubli (RUB)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+2...+12)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+2...+12)
Qisqartma -{RU, RUS}-
Internet domen -{.ru}-
Telefon prefiksi +7


Rossiya (рус. Россия), shuningdek rasman Rossiya Federatsiyasi (рус. Российская Федерация) - maydoni jihatidan dunyoda eng katta davlat. U sharqiy Yevropa va shimoliy Osiyoda joylashgan. Konstitutsiyasiga binoan maydoni 17.125.191 km² ni, aholisi 146.781.095 kishini (2019) tashkil qiladi. Xaridorlik qobiliyati pariteti boʻyicha hisoblangan YaIM boʻyicha mamlakat dunyoda 6-oʻrinda turadi.

Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barents, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shimoliy Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan.

Poytaxti — Moskva shahri. Davlat tili — rus tili.

Maʼmuriy tuzilishi[править | править код]

Maʼmuriy jihatdan 85 subyekt: 22 respublika, 9 oʻlka, 46 viloyat, 3 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg, Sevastopol), 4 muxtor okrug, 1 muxtor viloyat (Yahudiylar)ga boʻlinadi.

Rossiyada jami 157 ming aholi punktlari mavjud. 2000 yil Markaziy, Shimoli-gʻarbiy, Janubiy, Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq federal okruglari tashkil etildi.

Davlat tuzumi[править | править код]

Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2012 yil 7-maydan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.

Tabiati[править | править код]

Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5—4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.

Relyefi[править | править код]

Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250–400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta — Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari — Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.

Geologik tuzilishi[править | править код]

Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qad. platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar — baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.

Mineral resurslari[править | править код]

Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17—18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70—75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.

Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanvarning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shimoida 0—5°, Saxa sharqida —40°, —50°, jumladan, Oymyakonda — 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24—25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz — yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60—80 kun davom etsa, Chekka shimoida 260—280 kunga boradi.

Ichki suvlari[править | править код]

Rossiyada uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shim. Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ‘/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa

Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shim. Muz okeani orollari va Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.

Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar — qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari — sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi.

Hayvonot dunyosi juda xilma-xil[править | править код]

Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.

Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ (maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va boshqa

Aholisi[править | править код]

Rossiyada 140 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi — ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shimoliy Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, oʻzbeklar (1994 yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqalar yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimolida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komi-permyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volga boʻyining boshqa joylari va Janubiy Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shimoliy Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy tillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.

Davlat tili — rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Dindorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari — buddaviylar, musulmonlar, yahudiylar va boshqalar. Dinsiz ateistlar ham bor.

Yirik shaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg (oldingi Leningrad), Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqalar.

Tarixi[править | править код]

Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100—35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3—2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4—8-asrlarda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552—745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr — 10-asr boshlarida Uzok. Sharkda Boxay davlati hukm surdi.

9-asrda sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qad. Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. taxminan 988 yil knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qad. rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 yil)dan soʻng Kdd. Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va olmonlar hujum qildilar. 1223 yil rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi urushda magʻlubiyatga uchradi. 1236 yil moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237 yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240 yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva urushida shvedlarni, 1242 yil Muz ustidagi urushda olmonlarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.

14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380 yilgi Kulikovo urushida Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478 yil Novgorod, 1485 i. Tver, 1510 yil Pskov, 1514 yil Smolensk, 1521 yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480 yil moʻgʻullar zulmi barham topdi.

Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533—84; 1547 yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.

Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558—83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604 yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 yil K. 3. Minin va D. M. Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613 yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.

17-asrdan Rossiya oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr oxiri — 18-asr 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shim. urush yillari (1700—21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. Rossiyaning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721 yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, FA taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). 18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762—96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764 yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.

Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70—90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom Rossiyaga qoʻshib olindi.

19-asr boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801—25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801 yil Sharqiy Gurjiston, 1809 yil Finlyandiya, 1812 yil Gʻarbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806—07 yillarda Rossiya Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, oʻsha yil 26 avgust (7 sentabr)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814—15 yillardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiya imperiyasiga oʻtdi.

Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816—23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853— 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.

19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70—80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyani agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905—07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914—18 yillardagi ljahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 yil 1 sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917 yil 25 oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918 yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917—22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiqlandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiy-kommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921 yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922 yil 30 dekabrda Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20—40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaga, 60—70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iqtisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985 yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 yil 12 iyunda RSFSRning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 yil 25 dekabrda RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991 yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991 yil iyunda Boris Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha yil dekabrda RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSRning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992 yil yanvarda maʼmuriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maqsadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993 yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dekabrda Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996 yil Boris Yelsin 2-navbatga prezident etib saylandi. 2000 yilda prezident lavozimiga saylangan Vladimir Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya — SSSRning huquqiy vorisi sifatida 1945 yildan BMT aʼzosi.

OʻzR suverenitetini 1992-yil 20-martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Milliy bayramlari — 12 iyun — Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyabr — Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12 dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberal-demokratik partiya, 1992 yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001 yil tuzilgan; RF Kommunistok partiyasi, 1993 yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratik partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, RF Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari — tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Xoʻjaligi[править | править код]

Rossiya — industrial-agrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.

Sanoati[править | править код]

Rossiya koʻmir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha Rossiya dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. — 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fkasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-asr oxiri — 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Rossiyaning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% Rossiyaga toʻgʻri keladi. Rossiya oʻrmon sanoati yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.

Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver sh.larida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va boshqa Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shim. Kavkaz va Volgabuyida).

Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.

Transporti[править | править код]

Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi — 139 ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. — 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. — 84,6 ming km (Belomor—Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga—Don kanali, Volga— Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. — 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi — 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, SanktPeterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, SanktPeterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg sh.larida metropoliten kurilgan.

Tashqi savdosi[править | править код]

Rossiya — dunyoda qudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, koʻmir, kimyoviy moddalar, yogʻoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqalarni eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — rubl.

Tibbiy xizmati[править | править код]

Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot FA muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[править | править код]

Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda kabul etilgan RF Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot FA, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik FA, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.

Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I. Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000 i. mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "SpasskLutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[править | править код]

Rossiyada 5758 nomda gazetalar nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari boʻlsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gaz.lari va boshqa Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917 yildan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912 yildan), "Trud" ("Mehnat", 1921 yildan), "Komsomolskaya pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925 yildan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990 yildan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997 yildan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar", 1997 yildan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918 yildan), "Ekonomicheskaya gazeta" ("Iqtisodiy gazeta", 1918 yildan), "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi", 1924 yildan), "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925 yildan). 2781 nomda jur. chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925 yildan), "Znamya" ("Bayroq", 1931 yildan), "Oktyabr" (1924 yildan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955 yildan), "Novoye vremya" ("Yangi davr", 1943 yildan; 1899—1943 yillarda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol", 1923 yildan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922 yildan) va boshqa

Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.

Adabiyoti[править | править код]

Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 — 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.

Qadimiy rus adabiyotining (10-asr oxiri — 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki urushnomasi" 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14—15-asrlarda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va boshqalar). 15—16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. 2-jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida Rossiyada ham dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

Kad. rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030—40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045—50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12—13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli — chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.

18-asr — 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757 yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. M.F. Kazakov, A.N .Voronixin, A. D. Zaharov, K.I.Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-asr oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: I. Ye. Repin, I. N. Kramskoy, N.A.Yaroshenko, S.V.Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.

1917 yil oktabr toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. K.S.Malevich, Ye.Ye.Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. A. A. Benua, K.A.Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda 2-jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temir-beton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtildi.

Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Reshetnikov, A.A.Plastov, portret janrida M.S.Saryan, V.M.Oreshnikov, karikaturada B.I.Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Goryayev, estampda G.S.Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda N.V.Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.

Musiqasi[править | править код]

Qad. rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari — gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi. 17—18-asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I.Xandoshkin, D.Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.

19-asrning 2choragida M. Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859 yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, A.Borodin, M. Musorgskiy, N. RimskiyKorsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. P. Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. S. Raxmaninov, A. Skryabin ijodi 20-asr boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. S.Prokofyev, D.Shostakovich, N.Myaskovskiy, A. Xachaturyan, T.Xrennikov va boshqa turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida ijrochixonandalar F. Shalyapin, L. Sobinov, A.Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, K. Igumnov, G. Neygauz, skripkachi L. Auer, 20-asrning 2-yarmida dirijyorlar — A.M. Pazovskiy, N.S. Golovanov, Ye. Mravinskiy, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy, S.S.Samosud, pianinochilar — E. Gilels, S.Rixter, skripkachi — D.F. Oystrax, L.B.Kogan, V.V. Tretyakov, V.T.Spivakov, violonchelchilar — D.B.Shafran, I.Rostropovich, N. Gutman, xonandalar — N.A. Stepanova, Ye.V.Obrazsova, I. S.Kozlovskiy, S.Ya.Lemeshev, V.A.Atlantov va boshqa mashhur boʻldilar. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklarida Rossiya Shchedrin, A. Petrov, B. Tishchenko, E.V.Denisov, S.A.Gubaydulina, A.G.Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. G.V. Sviridov rus mumtoz musiqasi anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish (B. Okudjava, A.Galich, V.Visotskiy, Yu.Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida I. Kobzon, L. Zikina, A. Gradskiy, A.Pugachyova, F.Kirkorov, Yu. Antonov, L. Leshchenko, B. Soy, L. Dolina, V. Leontyev va boshqa bor. 2-jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan D. Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942 yil 22 iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan.

Turli davrlarda L. Sobinov, A. Nejdanova kabi opera solistlari, L. Oborin, G. Ginzburg, M. Rostropovich, G. Grodberg, D. Shafran, Yu. Bashmet, L. Kogan singari sozandalar, D. Shostakovich, A. Xachaturyan, T. Xrennikov kabi kompozitorlar, 3. Doluxanova, I. Arxipova, T. Milashkina, I. Kobzon, A. Pugachyova singari xonandalar, V. Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Ye. Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.

Teatri[править | править код]

Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048 yil yilnomalarda tilga olingan). 1648 yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.

16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo boʻddi. 1703 yil qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776 yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780 yil Petr teatri, 1776 yil Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824 yil Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832 yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.

1812 yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida U. Shekspir, F. Shiller, D. Fonvizin, V. Kapnist, I. Krilov, V. Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini A.Griboyedov, N. Gogol, A. Pushkin, A. Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 yil K.S.Stanislavskiy bilan V.I.NemirovichDanchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. 2-jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.

50-yillar oxiri — 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. F.M.Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, J.B.Molyer pyesalari bilan bir qatorda B.L.Vasilyev, F.A.Abramov, V.M.Shukshin, V.N.Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yu. P. Lyubimov, G.A. Tovstonogov, L.Ye.Xeyfets, R. Simonov, P.O.Xomskiy, Yu.I.Yeryomin kabi rej.lar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan — Yu.K.Borisova, K.Yu.Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. Rossiyada opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Ye. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr sanʼati akademiyasi, B.Shchukin nomidagi, M. Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Kinosi[править | править код]

1908 yildan Sankt-Peterburgda A. Drankovning, Moskvada A. Xanjonkov va I. Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rej. V.F.Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rej. V.M.Goncharov va A. A. Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda "Dvoryanlar uyasi" (rej. V.RossiyaGardin), "Qargʻa motkasi" (rej. Ya. Protazanov) filmlari suratga olindi. 20—30-yillarda rej.lardan S.Eyzenshteyn, A. Ivanovskiy, G. Roshal, V. Pudovkin, D. Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rej. N. Ekk) 1931 yil yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rej. Eyzenshteyn), Petr 1 (rej. V. Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "VolgaVolga" (rej. G. Aleksandrov), "Traktorchilar" (rej. I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. 2-jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rej. F. Ermler; "Turnalar uchmokda", rej. M. Kalatozov; "Inson takdiri", rej. S. Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rej. D.L.Xrabrovitskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, F. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rej. L.A.Kulijanov), M. Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rej. Yu. Solovyev) va "Vassa" (1983, rej. G. Panfilov), M. Bulgakovning "Qochish" (1971, rej. A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rej. S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rej. N. Mixalqov), A. Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rej. S.Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rej. V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60—80-yillarda G.Chuxray, V. Shukshin, G. Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rej.lar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rej.lar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.

Rossiyada "Mosfilm", "Lenfilm", "M. Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rej., operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rej.lar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, RostovDon, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.

Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari[править | править код]

O‘zbekiston bilan Rossiya munosabatlari strategik sheriklik darajasidadir. Mamlakatlar o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir ikki yuzdan ziyod hujjat qabul qilingan. 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ularning eng muhimlaridir. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzoq tarixga ega.

Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Masalan, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Qozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon bir-biriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatik va savdo-sotiq aloqalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdo-sotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Oʻrta Osiyo Rossiya tarkibiga kirdi va aloqalar yanada faollashdi. 1917 yil oktabr inqilobidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iqtisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshirildi.

20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat mustaqil boʻlganidan soʻng, ular oʻrtasida aloqalar yangidan oʻrnatila boshlandi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998—2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi.

RF bilan OʻzR oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqlashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shart-sharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.

2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSh dollariga yetdi. OʻzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, meva-sabzavot mahsuloti va boshqalar yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashina-uskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, dori-darmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqalar keltiriladi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli OʻzR da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqalar oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Rossiya sohasida, ayniqsa, aviasozlikda avvalgi kooperatsiya aloqalari saqlanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash haqida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi.

Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmoqda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan OʻzR ga delegatsiyalar kelib turadi, ular OʻzR xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar akademiyalari va oliy oʻquv yurtlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va "Oʻzbekiston—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.[1]

Mamlakat tuzilishi[править | править код]

Asosiy maqola: Rossiya tuzilishi.

Rossiyaning davlat tuzulishni 1993 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.

Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti — hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi — 4 yilga saylov asosida saylanadi.

Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.

Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya roʻyxatlari boʻyicha (2006 yil 7 dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)

Hududiy boʻlinishi[править | править код]

Asosiy maqola: Rossiyaning hududiy bo'linishi.

Rossiya viloyatlari:

Rossiya oʻlkalari:

Rossiya shaharlari:


Шаблон:MDH

Шаблон:Yerosiyo Iqtisodiy Hamkorligi

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil