Rus alifbosi

Материал из УзЭнц

Rus alifbosi — ruscha nutqning tovush tarkibini ifodalovchi hamda milliy rus tilining yozma va bosma shaklini hosil qiluvchi belgi-harflarning izchil qatori.

Rus alifbosi asta-sekin qadimiy slavyan yozuvi kirillitsadan (Kirill yozuvini qarang) kelib chiqqan. 1918-yilda hozirgi koʻrinishga ega boʻlgan.

33 harfdan iborat: ularning 20 tasi undosh tovushlarni (б, п, в, ф, д, т, з, с, ж, ш, ч, с, щ, г , к, х, м, н, л, р), 10 ta harf unlilarni — а, э, о, и, ы, у sof unlilarni va "y+unli" (я, е, ё, ю) birikmalarini ifodalaydi. Y harfi "boʻgʻin hosil qilmaydigan ы ni yoki й undoshini bildirsa, ъ, ь ayrish va yumshatish belgilari alohida tovushni bildirmaydi.

Rus alifbosi sobiq SSSRdagi (va hozirgi Rossiya Federatsiyasidagi) koʻplab xalqlarning alifbolariga asos boʻlgan (Masalan, 1940 yil may oyida qabul qilingan va hozirgacha keng qoʻllaniladigan oʻzbek alifbosi Rus alifbosi asosida, unga muayyan oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan yaratilgan).

Dastlab (11-asrda) qabul qilingan Rus alifbosi uzoq vaqt hozirgi koʻrinishidan harflar tarkibi va ularning nomlanishi bilan farqlanib turgan. Harflarning tarkibi esa koʻp asrlar mobaynida deyarli oʻzgarishsiz qolgan. Alifbo tarkibining dastlabki qonuniy oʻzgarishi Pyotr I ning (1708—10) va Fanlar akademiyasining (1735, 1738 va 1758) islohotlari bilan bogʻliq (bunda harflarning shakllari soddalashtirilib, bir necha eskirgan belgi-harflar alifbodan chiqarilgan; я, й singari harflar kiritilgan).

Bunga qadar boʻlgan oʻzgarishlar haqida faqat rus tili yozma yodgorliklarini kuzatish orqaligina hukm chiqarish mumkin.[1]

Manbalar[править | править код]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




hhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhhПолужирное начертание

Ошибка цитирования Отсутствует закрывающий тег </ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref></ref>