Samarqand universiteti

Материал из УзЭнц

Samarqand Davlat Universiteti (SamDU) - Samarqanddagi oliy o‘quv yurti bo‘lib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

Toʻliq nomi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Xalqaro nomi Samarkand State University
Tashkil etilgan sanasi 1927-yil, 22-yanvar
Joylashuvi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

, Samarqand

Talabalari soni 9,615 dan ortiq
Oʻqituvchilar soni 950
Rektor R.I.Xalmuradov
Rasmiy sayti samdu.uz

Samarqand universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) — Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927 yil 22 yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamat., tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4 yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929 yil noyabrda ishchilar fti, 1930 yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930 yil 22 yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.

1933 yil 20 yanvarda Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992 yil SamDU bilan birlashtirildi), 1935 yil tibbiyot fti negizida Samarqand tibbiyot instituti tashkil etildi. Shuningdek, universitet negizida SamarqanddaQ.x., Tijorat, Chet tillar institutlari ham tashkil topdi. 1941 i. universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. 2-jahon urushi davrida (1941 yil noyabrdan 1944 yil okt.gacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960 yildan OʻzDU Samarqand davlat universiteti (SamDU) deb atala boshladi.

Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930 yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.

Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, ped., psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va prof., 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. SamDU ni bitirganlar orasida olimlardan I. Moʻminov, S. Umarov, U. Orifov, Ya. Gʻulomov, A. Bahovuddinov, Q. Zokirov, V. Abdullayev, M. Osimov, A. Narzikulov, A. Adhamov, A. Otaxujayev, B. Valixoʻjayev, Sh. Vohidov, yozuvchi va shoirlardan Hasan Poʻlat, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Sh. Rashidov, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Dushan Fayziy, Omon Matjon, N. Narzullayev, B. Boyqobilov va boshqa bor.

Untda 1930 yildan "Ilmiy asarlar" toʻplami (1998 yildan "SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi"), 1957 yildan "Samarqand universiteta" gaz. nashr etiladi [1].

Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu-fan, ma'naviyat va ma'rifat targ'ibotchilari bo'lgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, ta'lim taraqqiyoti uchun to'liq ma'nodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy ta'lim maskani bo'lib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70% dan ortig'ini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshgʻariy kabi allomalarni voyaga etkazgan yurtda ta'lim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi.

Tarixi[править | править код]

Oʻzbekiston hukumatining buyrugʻi bilan 1927-yilning 22-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbek Pedagogik Instituti tashkil etildi. 1930-yili universitet nomi Oʻzbek Davlat Pedagogik Akademiyasiga almashtirildi.

1933-yilda Pedagogik Akademiya va Oʻzbek Davlat tibbiyot instituti huzurida Oʻzbek Davlat Universiteti tashkil etildi.

1941-yilda ushbu universitetga Pedagogika va oʻqituvchilar instituti qoʻshildi. Oʻsha yili universitetga Alisher Navoiy nomi berildi.

1961-yili Oʻzbek Davlat Universiteti, Samarqand Davlat Universiteti deb nomlandi.

Fakultetlari[править | править код]

Hozirgi vaqtda universitet tarkibiga quyidagi fakultetlar kiradi:

Universitet manzili[править | править код]

Samarqand universiteti Oʻzbekiston Respublikasi, 703004, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15

Ushbu universitetni tugatgan mashhur insonlar[править | править код]

  • Abdullo Gʻani - Tojik shoiri va doktoramaturgi (1932-yil).
  • Alisher Xoʻjayev - Oʻzbekiston milliy telaradiokompaniyasi Raisi.

Universitetning turli tillarda nomlanishi[править | править код]

  • Samarqand universiteti Samarqand Davlat Universiteti
  • Samarqand universiteti Университетй Давлатий Самарқанд
  • Samarqand universiteti Самаркандский Государственный Университет
  • Samarqand universiteti Samarkand State University

Havolalar[править | править код]

Manbalar[править | править код]

  1. Ibodulla Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil