Saudiya Arabistoni

Материал из УзЭнц

Шаблон:Saudiya arabistoni info Saudiya arabistoni, Saudiya arabistoni Qirolligi (рус. Королевство Сау́довская Ара́вия; arab. -{المملكة العربية السعودية‎}-) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan teokratik davlat. BMT aʼzosi Arabiston yarim orolining taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi 23,5 million kishi (2002). Bulardan 5,3 million kishi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[править | править код]

Saudiya arabistoni — mutlaq teokratik monarxiyadir. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro Kengashi (Sovet) tashkil etilgan. 1997 yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va qayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarqatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, deyarli butunlay, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi (shuningdek qarang, nepotizm).

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.

Tabiati[править | править код]

saudiya arabistoni janubш-gʻarbda Qizil dengiz, shimolsharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. saudiya arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari — Nefud, Dahnasr RubʼulXolishshx shimol qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha).

Gʻarbda Afrika — Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri — Nubiya Arabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey — quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shimolsharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning janub chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor.

Iqlimi shimolda subtropik, janubda tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, yanvarda 14°, eng yuqori tra 48°, mamlakatning janubda 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shimolda baʼzan tra — 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shimol hududlarda qishda, janubda yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400 mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va boshqa ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Janubning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi.

Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. saudiya arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 million3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shimolda dagʻal subtropik boʻz tuproq, janubda shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud.

Oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Janubdagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar saudiya arabistoni ning janubgʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 million gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. saudiya arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy maydoni 90 ming km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan.

Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. Saudiya arabistonida 180 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari — unayza va shammar; qabilalar — harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til — arab tili; rus va ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini — islom. Islom dinida muqaddas hisoblangan ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina Saudiya arabistoni hududidadir. Har yili bu shaharlarda 2 milliondan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi va davlatga katta moddiy foyda keltiradi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina.

Tarixi[править | править код]

Saudiya arabistoni hududida qadimdan (miloddan avvalgi 2-ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Milodiy 7-asrda Arabiston yarim orolining gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom dini paydo qilinib, poytaxti Madina shahri boʻlgan musulmon teokratik davlati — Arablar xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda Saudiya arabistoni hududining koʻp qismi Umaviylar, 8-asr 2-yarmi — 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-asrlarda Arabiston yarim orolining bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari — 16-asrning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saqlab qolishga urinishgan.

16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asrga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya hokimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745 yil Arabistonni vaxobiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 yillarda Arabiston yarim orolining koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843 yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. Ar-riyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiylarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 yildan soʻng ham yarim orolning gʻarbiy qismi turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vaxobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 yil amir Ibn Saud Quvayt hukmdori Muborak yordamida Ar-riyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915 yil dekabrda Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurol-yarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari Mak Magon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga qarshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916 yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T.E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 yil Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. 1-jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920 yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930 yil boʻysundirildi). 1921 yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922 yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Eroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 yil Uqayrada Iroq bilan Quvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.

Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birin-ketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1932 yildan boshlab mamlakat saudiya arabistoni Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 yil saudiya arabistoni va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S.A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.

2-jahon urushi davri (1939—45) da Saudiya arabistoni fashist Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib Saudiya arabistonida AQSH taʼsiri kuchayishni boshladi. 1943 yil AQSH Saudiya arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va Saudiya arabistoniga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning Aramko neft kompaniyasi 1972 yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964 yil 2 noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va h.k.), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960-yillarning 2-yarmidan saudiya arabistoni tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga, shu bilan birga Sovet ittifoqi taklif qilgan "Dunyoga tinchlik" loyihasiga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil bilan urush boshlab, texnologik qoloqligi tufayli magʻlub boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi.

1973 yilgi Yaqin Sharqdagi harbiy tanglik paytida Saudiya arabistoni oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga begʻaraz moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974 yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida Saudiya arabistoni Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 yil 25 martda podshox Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982 yil iyunda Podshoh Xolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. Saudiya arabistoni — 1945 yildan BMT aʼzosi.

Yangi tarix[править | править код]

OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sentabr — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).

Saudiya arabistoni hududiga harbiy tazyiq xavfi bor. [1]

Xoʻjaligi[править | править код]

Iqtisodiyotining asosi — neft va gazni qazib chiqarish. 2-jahon urushiga qadar Saudiya arabistoni xoʻjaligida ibtidoiy davrda boʻlgani singari, chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya arabistoni YIm hajmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi, bu degani davlat ulushi katta - 65%.

Sanoati[править | править код]

Saudiya arabistoni neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 milliard tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2-oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% "Saudi Aramko" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. Saudiya arabistonida kuniga 7,5 million barrel (2002 yil 308 million tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4-oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda hududidagina l-oʻrinda turadi. 1960-yillarning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammam), oziq-ovqat (Makkadagi yogʻ zavodi, konditer fabrikasi, Ar-riyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammam va Ar-riyodda sement zavodlari, Dahronda oyna-shisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) "Sabik" davlat konserniga qarashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 milliard kVt/soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Saudiya arabistonida hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik korxonalari salmoqli oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloq tarmogʻi hisoblangan. 1990-yillardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va davlat subsidiyasi bilan daromadli tarmoqlardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990-yillarning oxirida 1,8 million gektarga yetdi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — gʻalla, sholi, xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming tonna sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 milliondan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi.

Temir yoʻllar uzunligi 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik temir yoʻl yoʻnalishlari Dammam—Dahron—Ar-riyod (562 km), Hufuf—Ar-riyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uzunligi 159 ming km, undan 100 ming kilometr asfaltlangan; neft quvuri uzunligi — 3,7 ming kilometr. Saudiya arabistoni Yaqin Sharq hududida eng kuchli dengiz flotiga ega deb hisoblanadi. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va boshqalar. Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi "Saudi Arabiyen eyrlayns" aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va Ar-riyodda.

Saudiya arabistoni chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurol-yarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya va Rossiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Saudiya arabistoni riyoli.

Tibbiy xizmati[править | править код]

Soʻnggi 30 yil ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qoʻlamli investitsiya dasturlarini amalga oshirish tufayli ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ilgari aholi orasida koʻp uchraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. saudiya arabistoni da 42625 oʻrinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000 yil 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ishladi. Vrachlarning 17% saudiya arabistoni fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va boshqa mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik bilan keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. saudiya arabistoni Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuchma ambulatoriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam koʻrsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul.

Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari[править | править код]

1926 yil boshlangʻich majburiy taʼlim va dunyoviy maktablar ochish, 1960 yil qizlarni majburiy taʼlimga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Taʼlim tizimi davlat qaramogʻida boʻlib, mamlakat fuqarolari va chet elliklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, oʻrta maktab 2 bosqichli boʻlib, toʻliqsiz oʻrta (3 yil) va toʻliq oʻrta (3 yil) maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida hunar-texnika maktablari (4 yillik), toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunar-texnika bilim yurtlari (2 yillik) ishlaydi. Saudiya arabistonida bolalar uchun 22.632 maktab boʻlib, ularda 4,15 million bola oʻqiydi va 292 ming oʻqituvchi ishlaydi. Har bir oʻqituvchiga 15 oʻquvchi toʻgʻri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Ar-riyoddagi podshoh Saud universiteti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz universiteti (1967), Madinadagi islom tadqiqotlari universiteti (1961), Ar-riyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom universiteti (1974), Sharqiy viloyatdagi podshoh Faysal universiteti (1974), Makkadagi Ummal-Kura universiteti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar universiteti (1963), Ar-riyoddagi Oliy texnologiya instituti va Texnika instituti. Oliy taʼlim beradigan universitet, institut va kollejlarda 297.830 talaba taʼlim oladi.

Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod universiteti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina universiteti kutubxonasi. saudiya arabistoni da 153 madaniy markaz, madaniyat va sanʼat jamiyati, adabiyot klublari faoliyat koʻrsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kalʼasi muzeyi, Dammamdagi Mintaqaviy muzey va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[править | править код]

Saudiya arabistoni da 100 dan ortiq kundalik gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari arab tilida: "AlBilad" ("Mamlakat", kundalik gaz., 1934 yildan), "AnNadva" ("Klub", kundalik gaz., 1958 yildan), "AlMadinaAlMunavvara" (kundalik gaz., 1937 yildan), "ArRiyod" (kundalik gaz., 1964 yildan), "AlJazira" ("Orol", kundalik gaz.), "AshSharqalAusat" ("Yaqin Sharq", gaz., 1978 yildan); ingliz tilida: "Arab Nyus" ("Arab yangiliklari", kundalik gaz., 1975 yildan). Eng yirik va nufuzli nashriyot "AlYamama" hisoblanadi. Radioeshittirish 1948 yildan boshlangan, 23 davlat radiostantsiyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orqali arab va ingliz tillarida, chet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, rus, oʻzbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. Saudiya arabistonida milliy telekoʻrsatuv faoliyati 1965 yildan boshlangan.

Makka (1967), Madina (1967), Dammam (1969) da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar undan foydalanadi.

Abu Bakr Siddiq masjidi

Adabiyoti[править | править код]

Hozirgi saudiya arabistoni hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-asrlarda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-asr ning 1-yarmida esa "Qurʼon" xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va "Qurʼon" mumtoz arab tilini namoyon etuvchi manba hisoblanadi. Arablar xalifaligi tashkil topishi, 7-asrning 20-yillarida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Qohira va boshqalar) va din tazyiqi Saudiya arabistonida adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vaxobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzoq vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-asrning 20-yillaridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur as-Sabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad al-Amir ar-Rumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abdal-Gʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. 2-jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ash-Shayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd as-Salom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga egasr Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957 yil Abd as-Salom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan "Hijozlik Samro" nomli birinchi romani nashr etildi. 50-yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod al-Bovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va boshqa ijodi muhim ahamiyatga egadir.

Hikoya janri yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, Saudiya arabistoni adabiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ahmad as-Siboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad As-Siboining "Egizaklar" asari bu janrda yaratilgan birinchi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80-yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd al-Gʻafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida koʻrsatish mumkin.

1980 yildan podshoh farmoni bilan adabiyot boʻyicha davlat mukofoti taʼsis etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[править | править код]

Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh relyeflar Saudiya arabistoni hududidagi qadimiy yodgorliklardan hisoblanadi (mil. av. 7—2-asrlar). Makka va Madinada faqat oʻrta asr diniy arab meʼmorligi yodgorliklari (masjid, Madrasa, minoralar) saqlangan. Hijoz shimolda miloddan avvalgi 2 va milodiy 1-asrlarga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi bilan anʼanaviy loy va xom gʻishtlar oʻrniga zamonaviy qurilish materiallaridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda villa va koʻshklar qurildi. Koʻchmanchilarning turar joylari esa echki terisi bilan yopilgan chaylalardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, Ar-riyod, Madina, Jidda)da jahon andozalariga mos darajada koʻp qavatli uylar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda arab milliy meʼmorligi anʼanalari oʻz aksini topgan. Yirik inshootlarning devori koʻpi marmar bilan qoplangan.

Kinosi[править | править код]

Saudiya arabistonida avvalgi qirol davrida hayot tarzi islom dinining fundamentalistik arkonlari asosida qurilgani sababli kinoteatr va teatrlar yoʻq edi. Shunga muvofiq, kinematografiya sanʼati rivojlanmagan, qoloq ahvoldasr Asosan, sport va ijtimoiy harakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektakllar namoyish etilmaydi.

Oʻzbekiston — Saudiya arabistoni munosabatlari[править | править код]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Saudiya arabistoni munosabatlari.

Manbalar[править | править код]