Saydullo Abdullayev

Материал из УзЭнц
Abdullaеv Saydullо Parxоdbеkоvich
Абдуллаев Сайдулло Парходбекович
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori
2005-yildan — 2018-yilgacha
Hukumat boshlig‘i: Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Toʻlqin Jabborov
Vorisi: Baxtiyor Hamidov
 
Tavalludi: 17-mart 1965 (1965-03-17) (59 yosh)
Namangan
 
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni

Abdullayev Saydullo Parxodbekovich (1965-yil 17-mart, Namangan) - Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori (2005-2018), MDH Banklar uyushmasi kengash a'zosi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori (2007-2017)[1].

Biografiyasi[править | править код]

  • 1982 — 1983 yillarda Namangan shahar Xalq sudida sud majlisining kotibi vazifasida ishlagan.
  • 1983 — 1985 yillar armiya safida xizmat qilgan.
  • 1986 yilda Tver Davlat Universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirgan va 1991 yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan.
  • 1991-1992 yillarda Namangan vilоyati istiqbolni belgilash va statistika Bosh boshqarmasi Reja komissiyasi mutaxassisi,
  • 1992-1993 yillarda Namangan viloyat hokimi huzuridagi istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasida mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishlagan.
  • 1993 yilning aprel oyidan 1994 yilning sentyabr oyigacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Namangan viloyat boʻlimi boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
  • 1994 yil sentyabr oyidan Aksiyadorlik tijorat banki „Gʻallabank“ Namangan viloyat filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
  • 1996 yil oktyabrdan 1997 yil dekabr oyigacha Bank-mоliya akadеmiyasida tahsil olgan.
  • 1997 yildan 1998 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qogʻozlar departamenti direktori,
  • 1998-2000 yillarda Iqtisodiy tahlil departamenti direktori,
  • 2000-2002 yillarda Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
  • 2002 yildan 2005 yilga qadar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Bosh direktori oʻrinbosari, Bosh direktor vazifasini bajaruvchisi,
  • 2005 yildan 2018-yilgacha Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
  • 2007-yildan 2017-yilgacha shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori.

Manbalar[править | править код]