Shan tili

Материал из УзЭнц
Shan tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Shan tili — tay tillaridfn biri; Myanmaning shim.sharqidagi Shan milliy viloyatida, XXRning Yunnan viloyatida, shuningdek, Tailand va Laosda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3 mln. kishidan ortiq (Myanmaning oʻzida 3 mln. kishiga yaqin). Shan tilining 3 lahjasi bor: taylong — Shan viloyatidagi koʻpchilik shanlar soʻzlashadigan lahja; tayne (tayle) — XXRdagi koʻpchilik shanlar soʻzlashadigan lahja; taymau — Iravadi daryosi vodiysida Bamo tumanidagi shanlar soʻzlashadigan lahja. Lahjalar oʻzaro fonetik va leksik jihatdan farqlanadi. Shan tili — urugqabilalar ichidagi kundalik soʻzlashuv tili boʻlib, u Shan viloyatidagina muhim kommunikativ ahamiyatga ega: bu yerda Shan tilida vaqtli matbuot va badiiy adabiyot nashr etiladi. Yozuvi harfboʻgʻinli boʻlib, taxminan 11 —12-a. larda yaratilgan va 2 koʻrinishga ega: taylong lahjasida qoʻllanadigan va harfbelgilari dumaloq shaklda boʻlgan koʻrinishi pali yozuvi dan; boshqa lahjalarda qoʻllanadigan, harfbelgilari burchakli (qirrali) boʻlgan koʻrinishi devanagariaan kelib chiqqan. Eng qad., asosan, diniy mazmundagi yodgorliklari 18-a.ga mansub.