Sharafiddinov, Oqilxon Sharafiddinovich

Oqilxon Sharafiddinov (1898-yil 3-iyul, Toshkent — 1981-yil 31-mart) - sovet va oʻzbek pedagogi, birinchi oʻzbekcha "Alifbe" (1938) muallifi, Mehnat qahramoni (1968). Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1936).

Oqilxon Sharafiddinov
Oqilxon Sharafiddinov
Oqilxon Sharafiddinov
Tavalludi1898-yil 3-iyul
Toshkent
Vafoti1981-yil 31-mart
Istiqomat joylariToshkent, Toʻytepa (hozirgi Nurafshon)
FuqaroligiSSSR
VataniTurkiston general-gubernatorligi, SSSR
MillatiOʻzbek
SohasiPedagogika
Alma materXoʻja Axror madrasasi
Mashhur shogirdlari  Q. Abdullayeva
Mashhur ishlariOʻzbekcha "Alifbe"
Mashhur sovrinlariOʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1936)

Biografiya Править

Dastlab Toshkentdagi eski maktablardan birida, keyinchalik Xoʻja Axror madrasasida tahsil koʻrgan.

Faoliyati Править

1917-yilga qadar yangi usul maktablarida, 1918-yildan Toshkent uyezdining Toʻytepa qishlogʻida maktab ochib muallimlik qilgan. 1921-yildan Toshkentdagi 19 maktabda, 1924 yildan 1970 yilgacha 14-maktabda boshlangʻich sinflarga dars bergan.

Chiqargan kitoblari Править

Oqilxon Sharafiddinov yaratgan "Alifbe" kitobi (1938) oʻzbek maktablarining 1-sinfi uchun uzoq vaqt asosiy darslik boʻlib keldi. 1968 yili Q. Abdullayeva bilan hamkorlikda yangi "Alifbe" darsligini tuzdi. Keyingi yillarda oʻzgartishlar kiritilib, qayta-qayta nashr etildi.

"Bilim va maktab", "Mehnat bolalari", "Kattalar alifbesi", "Chiroyli yozuv", "Oʻqish kitobi" kabi darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

Xotira Править

Toshkent shahridagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinov nomiga qoʻyilgan.