Sloven tili

Материал из УзЭнц
Sloven tili
Milliy nomi: -{-{slovenski jezik, slovenščina}-}-
Mamlakatlar: Sloveniya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Sloveniya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 2.5 million (2010)
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi: lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 sl}-
-{ISO 639-2 slv}-
-{ISO 639-3 slv}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Sloven tilihind-yevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining janubiy guruhidagi til; Sloveniya Respublikasining rasmiy tili.

Asosan, Sloveniyada, qisman Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriya, Italiya, Avstraliya va AQShda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,2 million kishidan ortiq.

Koʻp lahjali til; uning 49 lahjasi 7 asosiy guruhga birlashgan. Oʻziga xos fonetik xususiyatlarga ega: unlilarning kuchli reduksiyasi, baʼzi shevalarda oʻrta jins (sredniy rod)ning, tonik urgʻuning yoʻqolishi, uch turli (kuchsiz, oʻrtacha, kuchli) urgʻuning barkarorlashuvi shu jumladandir. Morfologiyasi oddiy oʻtgan zamon feʼli shaklining yoʻqolganligi, ot va feʼllarda ikkilik sonning saqlanganligi va boshqa bilan ajralib turadi.

Adabiy sloven tili 19-asr oʻrtalarida toʻliq shakllangan. Sloven tilidagi dastlabki yozma manbalar 10-asr oxiri —11-asr boshlariga mansub.