Soʻm

Материал из УзЭнц
Soʻm
-{Soʻm}-
-{ISO 4217}-: -{UZS}-
Davlat nomi: Oʻzbekiston
Simvol: -{}-

Soʻm — 1) qadimgi atamalardan biri boʻlib, Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida „Soʻm“ pul solingan qopcha (xalta) maʼnosida qoʻllanilgan.

14-asrda Oltin Oʻrda xonligida ogʻirlik birligi boʻlib, muayyan ogʻirlikdagi kumush quyma (yombi)ni ifodalagan. 1920-yillarda, OʻzSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nominalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan „soʻm“ nomi yozilgan holda chiqarilgan rubl. Oʻzbekiston hududida muomalada „Soʻm-kupon“ deb atalgan.

2) Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 soʻm = 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. Soʻm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994 yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan.

Muomalaga 1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik, 1997-yil 1-martdan 200 soʻmlik, 1999-yil 1-iyuldan 500 soʻmlik, 2001-yil 1-sentabrdan 1000 soʻmlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100, 500 soʻm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (q. Tanga).

Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasining markaziy banki amalga oshiradi.[1]

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.

2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3].

2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan oʻn ming soʻmlik banknotning namunasi va dizaynini maʼqullagan, bankka oʻn ming soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVda eʼlon qilish yuklangan[4].

Banknot va tangalar chiqqan yillari[править | править код]

Yil Banknot Tanga
1994 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 Soʻm 1, 3, 5, 10, 20, 50 Tiyin
1997 200 Soʻm
1999 500 Soʻm
2001 1000 Soʻm 5, 10, 25 Soʻm
2002 50 Soʻm

Banknotlar[править | править код]

1994—yildan boshlab[править | править код]

Old tarafida bezaklar bilan pul qiymati, ort tomonida Oʻzbekistonning turli obidalari tasvirlangan. Suv belgisi — Oʻzbekiston gerbi.

Banknota raqamlari XX 0000000 shaklida.

Tasvir Qiymat, soʻm Oʻlcham, mm Asosiy ranglari Ort tomonidagi tasvir Chiqarilgan sana
Old tomoni Ort tomoni
1
120×62
yashil
pushti
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Toshkent
1994
3
qizil
yashil
Chashmai ayyub, Buxoro
5
142×69
koʻk
qizil
Alisher Navoiy monumenti, Toshkent
10
binafsha
koʻk
Goʻri Amir Maqbarasi, Samarqand
25
koʻk
zargʻaldoq
Shohizinda, Samarqand
50
jigarrang
zargʻaldoq
Registon ansambli, Samarqand
100
binafsha
Xalqlar doʻstligi saroyi, Toshkent
200
144×78
yashil
Sherdor madrasasi fragmenti, Samarqand
1997
500
qizil
Amir Temur monumenti, Toshkent
1999
1000
binafsha
jigarrang
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent
2001
Файл:Uzbekistan 5000 so'm avers.jpg Файл:Uzbekistan 5000 so'm reverse.jpg
5000
yashil
jigarrang[3]
Oliy Majlis binosi, Toshkent
2013[3]
10 000
och koʻk
Senat binosi, Toshkent
2017
50 000
144×78
binafsharang
Xalqaro anjumanlar saroyi, Toshkent
2017

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]




Шаблон:Osiyo mamlakatlari milliy valyutalari