Sovet Ittifoqi

Материал из УзЭнц
(перенаправлено с «Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi»)

Sovet Ittifoqi deb ataluvchi Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (рус. СССР) 15 ittifoqdosh respublikalardan tashkil topgan va 1922—1991 yillarda mavjud boʻlgan davlat. 22,4 million kvadrat kilometr maydoni bilan, u dunyodagi hududi boʻyicha eng katta davlat edi. Geografik jihatdan shimoliy Yevroosiyoda joylashgan. 1991-yil holatdagi 293 millionlik aholisi bilan dunyoda 3-oʻrinda boʻlgan (Xitoy va Hindistondan soʻng). Eng katta shahri, shuningdek ittifoq va unga kirgan eng katta respublika — Rossiya SFSR poytaxti Moskva shahridir.

Shimoliy Yevroosiyoda 1,5 million yil avval yasalgan chaqmoqtosh qurollari erta insonlarning qadim zamonlardan beri yashaganini koʻrsatadi. 4 ta sovet respublikalaridan sharqiy Yevropada Sovet Ittifoqi paydo boʻlgan. Birinchi jahon urushi davridagi hokimiyat uchun kurash, 1917-1923 yillarda davom etgan, fuqarolik urushini keltirib chiqarib, Gʻarb mamlakatlari intervensiyasiga sabab boʻlgan. Ohir oqibatda bu mustaqillikga olib kelgan. Birinchi ishchilar sotsialistik ittifoqiga tez orada boshqa davlatlar ham aʼzo boʻlishga shoshilishdi. Ikkinchi jahon urushi davridagi Ulugʻ Vatan urushi ittifoqdosh mamlakatlarning birdamligi va uning kuch qudratini isbotlab berdi.

Sovet Ittifoqi xalqaro superkuch edi. Yadro qurolini ishlab chiqdi va uni hech qachon urushda qoʻllamadi. Kosmik tadqiqotlarda ancha odimlab, koinotga odamni birinchi boʻlib chiqarishga muvaffaq boʻldi. Sovet Ittifoqi, oʻzini butun dunyodagi yagona superkuch deb bilgan, Qoʻshma Shtatlar bilan tengma-teng raqobat qildi (qarang sovuq urush).

Sovet Ittifoqi federal sotsialistik davlat va sentralizatsiyalangan demokratiya. U Birlashgan millatlar tashkiloti, Varshava kelishuvi tashkiloti, Oʻzaro iqtisodiy yordam soveti asoschi davlati. U Birlashgan millatlar tashkilotining Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi.

Rivojlangan sotsialist davlat sifatida, Sovet Ittifoqida daromadlar differensiatsiyasi (Jini indeksi) past darajada, yaʼni 4 baravarni tashkil etgan. Bundan tashqari, sotsial liftlar va imkoniyatlar tengligi ishlab turgan. Ijtimoiy sfera yuqori taraqqiy topgan.