Sundan tili
Sundan tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{}- |
Mamlakatlar: | |
Mintaqalar: | |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | |
Alifbosi: | |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | }- |
-{ISO 639-3 | }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Sundan tili — avstronez tillaridan biri, Indoneziyaning Gʻarbiy Yava viloyatida, Sumatra o. jan.da tarqalgan; soʻzlashuvchilarning umumiy soni 21 mln. kishidan ortiq. Asosiy lahjalari: badu (eng qad.), banten, bogorkravang , chianjur, kuningan, chirebon hamda adabiy tilga asos boʻlgan Bandung sh. shevasi. Oʻziga xos fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bor. Leksikasida onomatopoetik (tasviriy) soʻzlar anchagina; unga avvalo sanskritdan, keyinchalik arab, yava, indonez va niderland tillaridan koʻplab soʻzlar oʻzlashgan.
Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-a. larga mansub boʻlib, sanskritda bitilgan; keyin qad. hind yozuvlaridan kavi qoʻllangan; 1ba.dan arab alifbosi asosidagi jajavan yozuvi, 17-a. 2-yarmidan chacharakan (yava yozuvi) tarqalgan. 19-a. oxiridan Sundan tili uchun lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Sundan tilida boy adabiyot mavjud, boshlangʻich maktablarda dars oʻtiladi, radioeshittirish olib boriladi, gazetalar chop etiladi.