Surxob

Материал из УзЭнц

SurxobTojikistondagi dare. Orqa Olay tizmasining shim. yon bagʻridan Qizilsuv nomi bilan boshlanadi. Olay vodiysi boʻylab oqadi. Irmoqlari: Achchiqtosh, Taka, Koʻksuv, Muksuv, Yarxich, Obixingov va boshqa Tojikiston hududiga oʻtgandan soʻng Surxob (oʻzbekcha "Qizilsuv") nomini oladi. Rogʻun suv omboriga quyilish joyida, eng yirik irmogʻi Obixingov qoʻshilgandan keyin Vaxsh nomi bilan ataladi (yana q. Vaxsh).