Suryoniy tili

Материал из УзЭнц
Suryoniy tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Suryoniy tili, suriya tili -somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-a. dan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. 8-a.dan boshlab Suryoniy tili astasekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hozirgi vaqtda Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashovchi nestorian (nasturiy)lar va yakovit (yaʼqubiy)larning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 koʻrinishi [estrangelo, yakovit (serto) va nestorian]ga asoslangan. Unda mil. 1-a. ga mansub oʻyma yozuv matnlari, 3—14-a.larga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.