Suxomlinskiy, Vasiliy Aleksandrovich

Материал из УзЭнц

Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (1918-yil 28-sentabr — Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi Onufriyevka tumani — 1970-yil 2-sentabr) — sovet pedagogi, ukrain hamda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

RSFSR (1957), SSSR (1968) Pedagogika FA muxbir aʼzosi. Mehnat qahramoni (1968).

Poltava pedagogika institutini tugatgan (1939). 1947 yildan umrining oxirigacha Kirovograd viloyatining Pavlish qishlogʻidagi maktab direktori. "Bolalarga jonim fido" (1969), "Fuqaroning tugʻilishi" (1970), "Tarbiya toʻgʻrisida" (1973) kabi asarlarida boshlangʻich maktab, oila tarbiyasi nazariyasi va metodikasi, oʻquvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mehnatga munosabat, pedagogik mahorat boʻyicha tadqiqotlar olib borgan, pedagogikada insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilgan.

Manbalar[править | править код]