Tallimarjon

Материал из УзЭнц
Shahar
Tallimarjon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Qashqadaryo viloyati
Tuman Nishon tumani
Koordinatalari 38°17′48″N 65°33′12″E / 38.29667°N 65.55333°E / 38.29667; 65.55333Koordinatalari: 38°17′48″N 65°33′12″E / 38.29667°N 65.55333°E / 38.29667; 65.55333
Aholisi 9 900 nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

TallimarjonQashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar (1975 yildan). Qarshi choʻlining oʻzlashtirilishi munosabati bilan 1964 yilda tashkil etilgan. Tallimarjon suv ombori yonida joylashgan. Aholisi 9,9 ming kishi (2004). T.da Qarshi kanali va nasos styalardan foydalanish boshqarmasi, shu boshqarmaning markaziy taʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona va boshqa bor. Shaharda umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji (chilangar, elektriklar tayyorlaydi), ochiq suzish havzasiga ega boʻlgan sport majmuasi, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixona mavjud. Tallimarjon temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali (80 km) Qarshi shahri bilan bogʻlangan.