Tbilisi Davlat universiteti

Материал из УзЭнц

Tbilisi Davlat Universiteti - Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi universiteti Gurjistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biridir. 1918-yilda tarixchi olim va akademik I.A.Javaxishvili boshchiligidagi gruzin olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1930-yillarda Tbilisi Davlat Universiteti negizida qishloq xoʻjaligi, politexnika, pedagogika, tibbiyot institutlari, shuningdek bir qancha ilmiy tayyorgarlik muassasalari tashkil topgan. 1990-yili mustaqil ilmiy oʻquv muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, psixologiya, geologiya, falsafa, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 millionga yaqin asarlar bor. 35 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.

Toʻliq nomi «Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat Universiteti»
Xalqaro nomi Ivane Javakhishvili Tbilisi State University
Tashkil topgan sanasi 1918-yil, fevral
Joylashuvi Gruziya bayrogʻi Gurjiston , Tbilisi
Yuridik manzili Tbilisi, Chavchavadze shoh koʻchasi, 1
Rektor Aleksandr Kvitashvili
Talabalari soni 35 mingga yaqin
Mutaxasis va oʻqituvchilar soni 5 mingga yaqin
Rasmiy sayti tsu.ge