Tehron universiteti: различия между версиями

Материал из УзЭнц
Содержимое добавлено Содержимое удалено
м (imlo using AWB)
(нет различий)

Версия от 15:14, 21 декабря 2015

Tehron universiteti
(T.U)
Biznes va iqtisod fakulteti binosi.
Asl nomi دانشگاه تهران
Shiori میاسای ز آموختن یک زمان
«Taʼlim olishni bir daqiqaga qoldirma»
Asos solingan 1934-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Farhod Rahbar
Manzili Shanzdax-e-Azar koʻchasi (Engelab shoh koʻchasi)
Vebsayti http://www.ut.ac.ir

Tehron universitetiEronning birinchi va eng yirik oliy oʻquv yurti hamda ilmiy tadqiqot markazi. Universitet Tehron shahrida joylashgan. 1934-yilda tashkil etilgan. Adabiyot va gumanitar fanlar, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, nafis sanʼat, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, tabiiy fanlar, texnologiya, teologiya, veterinariya tibbiyoti, oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika, iqtisodiyot va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalari (400 mingga yaqin asar) bor. 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.

Havolalar

Шаблон:OʻzME

Turkum:Eron universitetlari