Toʻraqoʻrgʻon

Материал из УзЭнц
Shahar
Toʻraqoʻrgʻon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Toʻraqoʻrgʻon tumani
Koordinatalari 41°00′00″N 71°30′57″E / 41.00000°N 71.51583°E / 41.00000; 71.51583Koordinatalari: 41°00′00″N 71°30′57″E / 41.00000°N 71.51583°E / 41.00000; 71.51583
Qachondan beri shahar 1979
Maydoni 91 km²
Markazi balandligi 476 m
Rasmiy tili oʻzbek
Aholisi 25,6 ming nafar (2005)
Konfessiyaviy tarkibi Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 50
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

ToʻraqoʻrgʻonNamangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi Namangan shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy oqib oʻtadi.

Ijtimoiy soha[править | править код]

Tumanda "OhangarIII", "Koopagrofirma" aksiyadorlik jamiyatlari, "Shirinlik" Oʻzbekiston—Gollandiya, "Axsikent" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qishloq xoʻjaligi, qurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan NamanganToshkent avtomagistrali oʻtgan. Namangan — T. yoʻnalishida trolleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.