Toʻraqulov, Yolqin Xolmatovich

Материал из УзЭнц
Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich
Abdulaziz
Tavalludi 10-noyabr 1917-yil(1917-11-10)
Merke shahri, Turkiston oʻlkasi
Vafoti 1-mart 2005-yil(2005-03-01)
(87 yoshda)
Toshkent
Vatani SSSR, Oʻzbekiston
Sohasi Biokimyo, Endokrinologiya
Alma mater Toshkent tibbiyot akademiyasi
[[File:{{{imzo}}}|150px|alt={{{imzo_izoh}}}|{{{imzo_izoh}}}]]

Toʻraqulov Yolqin Xolmatovich (1917-yil 10-noyabr[1], Qozogʻiston Respublikasi Marki shahri — 2005-yil 1-mart, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Biologiya fanlari doktori (1959), professor (1962).

Biografiya[править | править код]

Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1936), shu institut biokimyo kafedrasida assistent (1936-1938), aspirant (1938-1941), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika instituti direktori (19391941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (19411944), yana shu institut direktori (1944). SSSR Tibbiyot Fanlar akademiyasi Biologiya va tibbiyot kimyosi institutida (Moskva) ilmiy xodim (19441947). Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (19471950), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjalik institutida katta ilmiy xodim (19501954), Andijon tibbiyot instituti prorektori va kafedra mudiri (19541956), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Nucleo fizikasi institutida boʻlim mudiri (1957), direktor oʻrinbosari (19601962). Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻlka tibbiyot (hozirgi Endokrinologiya) ilmiy-tadqiqot instituti direktori (1957 - 1960, 1962 - 1963, 19761996), ayni vaqtda laboratoriya mudiri (1957-1997; 1998 yildan ilmiy maslahatchi), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (19701972), vitse-prezidenti (19631966), biologiya fanlari boʻlimi raisi (19661979). Toshkent Davlat Universitetida kafedra mudiri (1967 yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo instituti direktori (19671969), laboratoriya mudiri 19671970). Samarqand Davlat Universiteti rektori (19701972), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (19941997).

Ilmiy faoliyati[править | править код]

Toʻraqulovning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining baʼzi turlarida tireoid gormonlar biokimyosiga oid. Uning tadqiqotlari zamonaviy biologiya, tibbiyot, biokimyo, biofizika, radiobiologiya va endokrinologiya fanlarining original yoʻnalishlariga bagʻishlangan. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida oʻtkazilgan klinik biokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1964). Biokimyodan darslik va oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar tuzgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati (1985), "El-yurt hurmati" (1998) va "Buyuk xizmatlari uchun" (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.

Koʻrsatmalar[править | править код]

  1. Aniq tavallud sanasi noma'lum.

Manbalar[править | править код]

  • Обмен йода и тиреоидные гормоны, Т., 1959;
  • Биохимия и патохимия щитовидной железы, Т., 1963;
  • Тиреоидные гормоны (в соавторстве), Т., 1972;
  • Йодпротеини щитовидной железы (в соавторстве), Т., 1974.

Adabiyot[править | править код]