Toʻxtamurod Joʻrayev

Материал из УзЭнц

Toʻxtamurod Joʻrayevich Joʻrayev (1934.25.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmtg koʻrsatgan fan arbobi (1991), fiz.-mat. fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent Davlat Universiteti ni tugatgan (1958), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika pa inshootlarni n g seysmik mustahkamligi instituti direktori (1974-85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor (1985—92 va 1997 yildan), Toshkent Davlat Universiteti rektori (1992— 95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1995— 2000). Ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qoʻshma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar oʻrganilib, muhim na-tijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega boʻlgan chegara-viy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta. J. bir qancha xalqaro akademiyalar va xalkaro jamiyatlar aʼzosi. Koʻp jildli (1-, 2-j., T., 1999) "Oliy matematika asoslari" darsligi hammuallifi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992— 95), 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). "Doʻstlik" (1996), "Mehnat shuhrati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbalar[править | править код]

  • Krayevie zadachi dlya uravneniy smeshannogo i smeshanno-sostavnogo tipov, T., 1979.