Tojik tili

Материал из УзЭнц
Tojik tili
Milliy nomi: -{Тоҷикӣ, تاجیکی [tɔːdʒɪˈki]}-
Mamlakatlar: Tojikiston bayrogʻi Tojikiston , Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston

, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

, Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston , Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston , Xitoy bayrogʻi Xitoy , Rossiya bayrogʻi Rossiya va boshqa mamlakatlar.

Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 6 milliondan oshiq
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hindyevropa
Alifbosi: kirill, arab yozuvi
Til kodlari
-{ISO 639-1 tg}-
-{ISO 639-2 tgk}-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik
Файл:Tajiks of Uzbekistan.PNG

Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shim. Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.

Adabiy Tojik tili qad. forstojik tili (9— 15-a.lar)ga — fors, tojik va dari tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-a.da adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.

Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 9-a.ga mansub. Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929 y. gacha arab, 1940 yilgacha lotin, 1940 yildan rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi.

Tojik tili (toj. -{забони Тоҷикӣ}-) Tojikiston, O‘zbekiston, Eronning shimoliy-sharqiy qismi, Afg‘onistonning shimoliy qismi, Turkmanistonning janubiy qismi hamda Xitoyning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, dunyoda 6 milliondan ziyod kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili eroniy tillarining pahlaviy tili oqibatida vujudga kelgan. Milodiy 8-9 asrlarda Yaqin Sharq va O‘rta Osiyoda fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, forsii dariy sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. Rudakiy, Abu Ali ibn Sino, Firdasiy, Xayyom, Rumiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy, Bedil dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.

O‘zbekistonda bu til asosan Samarqand va Buxoro, qisman esa Andijon, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va juda kam miqdorda Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida yashovchi aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, O‘zbek tilidan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida eʼtirof etiladi.

Alifbodagi o‘zaro farqlari[править | править код]

Kirillcha Lotincha
(1929—1939)
Arabcha
shirift
XFA
А а A a َ, اَ /a/
Б б B ʙ /b/
В в V v و /v/
Г г G g گ /ɡ/
Ғ ғ Ƣ ƣ /ʁ/
Д д D d /d/
Е е E e ی /e/
Ё ё Jo jo یا /jɔ/
Ж ж Ƶ ƶ ژ /ʒ/
З з Z z ﺽ ,ﻅ ,ﺫ ,ﺯ /z/
И и I i اِ, ِ /i/
Ӣ ӣ Ī ī ی /ˈi/
Й й J j یْ, ی /j/
К к K k ک /k/
Қ қ Q q /q/
Л л L l /l/
М м M m /m/
Н н N n /n/
О о O o ا ,آ /ɔ/
П п P p پ /p/
Р р R r /ɾ/
С с S s ﺙ ,ﺹ ,ﺱ /s/
Т т T t ﺕ ,ﻁ /t/
У у U u اُ, ُ /u/
Ӯ ӯ Ū ū او ,و /ɵ/
Ф ф F f /f/
Х х X x /χ/
Ҳ ҳ H h /h/
Ч ч C c چ /tʃ/
Ҷ ҷ Ç ç /dʒ/
Ш ш Ş ş /ʃ/
ъ ' /ʔ/
Э э E e ای /e/
Ю ю Ju ju یُ ,یو /ju/
Я я Ja ja یه, یَ /ja/