Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Материал из УзЭнц
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
(TDIU)
Xalqaro nomi Tashkent State University of Economics
Asos solingan 1931-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Vahobov Alisher
Talabalari 10 ming
Fakultetlar 6 ta
Fan doktorlari 50 ta
Manzili Toshkent, Oʻzbekiston koʻchasi 49, 100138 Oʻzbekiston
Vebsayti www.tdiu.uz

Toshkent iqtisodiyot universiteti — yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida. 1931 yil 13 avg .da Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya iktisodiyot institutiga aylantirildi, bu institut 1962—91 yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991 yil 19 iyundan iktisodiyot unti. Untda iktisodiyot va statistika; buxgalteriya hisobi va audit; tijorat; menejment, informatika va iktisodiy taʼlim pedagogikasi; xalqaro iktisodiy munosabatlar; xalqaro biznes; xalqaro turizm ftlari, 46 ta kafedra bor. Unt qoshida Iqtisodiyot, biznes, malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash instituti, Kelajak ilmi eksperimental xalqaro biznes maktabi, iqtisodiyot kasb kolleji, Respublika iqtisodiyot akademik litseyi, iqtisodiy gimnaziya, qimmatbaho qogʻozlar bozori mutaxassislarini tayyorlash markazi, ixtisoslashtirilgan oliy biznes maktabi, hisob va audit resurs markazi, texnomarket, biznes inkubatori, kutubxona (800 ming asar), unt tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. Untda iktisodiyot (xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha), menejment, marketing , kasbiy taʼlim, informatika va axborotlar texnologiyasi, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iktisodiy munosabatlar, bank ishi, buxgalteriya xisobi va audit, moliya, soliklar va soliqqa tortish, biznes, bojxona ishi, turizm, servis (turizm), statistika yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 24 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 oʻquv yilida untda 7804 talaba oʻqidi, 535 prof.oʻqituvchilar, shu jumladan 54 fan doktori va 218 fan nomzodi va dots.lar ishladi.

Unt faoliyati I. I. Iskandarov, M.Sh. Sharifxujayev, S. S. Gʻutomov. V. V. Kim, M. M. Qoriyev, E. A. Akromov, III Sh. Shodmonov, A. U. Oʻlmasov, A. E. Ishmuhamedov va boshqa olimlar nomlari bilan bogʻliq.

Unt dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi unt va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan. 1991—2003 yillarda untda 100 dan ortiq xorijlik talabalar tahsil oldi, 500 dan ortiq xorijlik prof. oʻqituvchilar ishladi. Unt AKD1, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Malayziya, Vengriya, Koreya, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Rossiya, Qozogʻiston, Ukrainadagi 50 ga yaqin nufuzli untlar, institutlar, ilmiy maktablar bilan aloqalarga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy ishlar tugshamlari, "Iktisodiyot va taʼlim" jurnalini nashr etadi.

Maʼmuriyat[править | править код]

Sobiq Rektorlar[править | править код]

Fakultetlar[править | править код]

Iqtisodiyot va statistika[править | править код]

Iqtisodiyot va statistika fakulteti 1947-yilda tashkil etilgan. Fakultetni tashkil qilishda va uning taraqqiyotida taniqli olimlar va oliy maktab asoschilari B. Tursunov, M.M. Qoriev, M.H. Zaynutdinov, A.A. Azatyan va A.S. Danilovlarning xizmatlari katta.

Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:

  • Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiya(akad. Aburahmonov Q.H.)
  • Tarmoqlar iqtisodiyoti (prof. B.T. Salimov)
  • Makroiqtisodiyot (prof Ishmuhamedov A.E.)
  • Statistika (dots. Ayubjonov A.H)
  • Falsafa (prof. Soipnazarov I.S.)

Fakultet qoʻyidagi yoʻnalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (agroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (ekologiya)
  • Iqtisodiyot (sanoat)
  • Statistika

Qoʻyidagi yoʻnalishlarda esa, magistrlar yetishtiradi:

  • Iqtisodiyot (mehnat)
  • Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)
  • Iqtisodiyot (Hudud iqtisodiyoti)
  • Statistika

°== Mashhur bitiruvchlari ==

Manbalar[править | править код]

Havolalar[править | править код]