Toshkent moliya instituti

Материал из УзЭнц
Toshkent Moliya Instituti
(TMI)
Xalqaro nomi Tashkent Financial Institute
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Azizov Ulugʻbek Oʻktamovich
Talabalari 5 105+
Bakalavriat 4 462+
Magistratura 643+
Professorlar 350+ ta
Manzili Toshkent shahar, 100000, A.Temur shoh koʻchasi 60a-uy
Vebsayti TMI veb-sahifasi

Toshkent moliya instituti - moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod f-tlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta f-t (moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida institutda 6833 talaba taʼlim oldi; 354 prof.oʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va prof., 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Jan. Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh untlari bilan oʻquvilmiy sohalarda hamkorlik qiladi[1][2].

Manbalar[править | править код]