Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

Материал из УзЭнц
Toshkent Temir Yoʻl Muhandislari Instituti
(ToshTYMI)
200px|ToshTYMI binosi, Toshkent shahri
Xalqaro nomi Tashkent Institute of Railway Transport Engineers
Asos solingan 1931-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Rasulov Ma'rufjon Xalikovich
Fakultetlar 4 ta
Kampusi Toshkent shahri
Manzili 1 Adilxodjaev koʻchasi, Toshkent shahri, Oʻzbekiston 100000
Vebsayti www.tashiit.uz

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti — t. yil transporti va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻrta Osiyo t.yil transporti muhandislari instituti sifatida 1931 yilda tashkil etilgan, 1937 yildan hozirgi nom bilan ataladi. Institut tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, t. yil qurilishi va sirtqi ftlar, magistratura markazi bor. Institut qoshida instituternat litsey faoliyat koʻrsatadi. Institutda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Institut qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning ilmiy tadqiqotlar ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Institutda 27 kafedra, 60 laboratoriya, tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili institutda 4300 dan ortiq talaba oʻqidi. Institut tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Institut qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Institut RF, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjayev, A. Gofman va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Tarixi[править | править код]

ToshTYMI Oʻrta Osiyo temir yoʻl transporti muhandislari instituti sifatida 1931-yilda tashkil etilgan, 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi.

Fakultetlar[править | править код]

ToshTYMI temir yoʻl transporti va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o`quv yurti. Institut tarkibida 4 fakultet: tashish taskil etish va transport logistikasi, iqtisodiyot, elektromexanika, temir yo`l qurilishi va sirtqi fakultetlar, magistratura markazi bor. Institut qoshida instituternat litsey faoliyat koʻrsatadi. Institutda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Institut qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning ilmiy tekshirish ishlarida, loyiha-konstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Institutda 27 kafedra, 60 laboratoriya, tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili institutda 2800 dan ortiq talaba oʻqidi. Institut tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Institut qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Institut Rossiya, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjaev, A. Gofman va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

  • Qurilish fakulteti
  • Tashishni tashkil etish va trasnport logistikasi
  • Elektromexanika fakulteti
  • Iqtisodiyot fakulteti
  • Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi

Havolalar[править | править код]