Toshmuhamedova, Dilorom Gʻofurjonovna

Материал из УзЭнц
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova
Дилором Ғофуржоновна Тошмуҳамедова
Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri
2007-yildan — 2015-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Erkin Halilov
Vorisi: Nurdinjon Ismoilov
 
Fuqaroligi: SSSR bayrogʻi Sovet ittifoqi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 19-fevral 1962 (1962-02-19) (62 yosh)
Toshkent viloyati, OʻzSSR
Partiyasi: Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi
 
Mukofotlari:

Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova (1962-yil 19-dekabrda tavallud topgan) - Oʻzbekistonlik siyosatchi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "Oila" markazi direktori (2018-yil 12-sentyabrdan). 2008-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri[1].

Tarjimai holi[править | править код]

Toshkent viloyatida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.

1984-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan [1]. Maʼlumoti boʻyicha shifokor.

Toshmuhamedova birinchi marotaba 2001-yilda, oʻsha paytlar bir palatalik boʻlgan, Oliy Majlisga saylangan.

2005-yilda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi birinchi sekretari lavozimiga saylangan va partiyaning parlamentdagi fraksiya raisiga aylangan.

Partiya 2007-yil prezident saylovlarida uni oʻzidan nomzod sifatida koʻrsatdi[2]. U Oʻzbekiston prezidentlik saylovida ishtirok etgan birinchi ayol nomzod boʻlgan. Saylov natijasiga koʻra, u 2,94% (434 ming 111 nafar) saylovchilar ovozlarini yigʻdi[3].

2008-yil 23-yanvarda u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi[4].

2015-yil 5-yanvar kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 1-majlisida uning oʻrnini deputat, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Nuriddinjon Ismoilov egalladi [5].

2018-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritdi. 14-oktabrda Toshkent shahar kengashi deputatligiga boʻshab qolgan oʻrinlarga boʻlib oʻtgan saylovda Adolat sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida deputat etib saylangan. 27 oktabr kuni esa Oliy majlis Senati aʼzosi etib saylandi [6].

Manbalar[править | править код]

Yana qarang[править | править код]

Ilgizar Sobirov

Murod Sharifxoʻjayev