Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915.10.9, Andijon viloyati Shahrixon qishlogʻi — 1995.17.12, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizikamat. fanlari doktori (1942), professor (1942). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1936), shu universitetda assistent, dotsent, professor va kafedra mudiri (1931—42; 1983—8 194345, 195258 va 197183 yillarda universitet rektori. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1943—46), prezidenta (1946— 52), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1959—71). 1988 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumida maslahatchi. Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, geofizika meteorologiyasiga bagʻishlangan. Topologiya va funksional analiz boʻyicha Toshkent ilmiy maktabi asoschisi. Yarim maydonlar nazariyasi va uning ehtimollar nazariyasiga tatbikini ishlab chiqqan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967, 1992). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002)[1].
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov Тошмуҳаммад Алиевич Саримсоқов | ||
| ||
---|---|---|
1946-yildan — 1952-yilgacha | ||
Tavalludi: | 10-sentabr 1915-yil Andijon | |
Vafoti: | 17-dekabr 1995-yil (80 yoshda) | |
Mukofotlari: |
|
Manbalar Править
- ↑ Osnovi teorii protsessov Markova, M., 1954; Topologicheskiye algebri Bulya, T., 1963 (v soavtorstve); Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1968; Topologicheskiye polupolya i teoriya veroyatnostey, T., 1969.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |