Turkiya

Материал из УзЭнц
Turkiya Respublikasi
-{Türkiye Cumhuriyeti}-
TURKİYA TÜRKİYE davlat bayrogʻi   TURKİYA TÜRKİYE davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yurtta Sulh, Cihanda Sulh
Madhiya: İstiklâl Marşı
(Mustaqillik madhiyasi)
TURKİYA TÜRKİYE Xaritasi
TURKİYA TÜRKİYE Xaritasi
Poytaxt Anqara
Rasmiy til(lar) Turk tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Rajab Tayyip Erdoʻgʻon
 • Vitse-Prezident Fuat Oktay
Mustaqillik   Respublikani eʼlon qilish
 • Sana 29-oktabr, 1923 yil
Maydon  
 • Butun 783,562 -{km²}- (37-)
 • Suv (%) 1.3
Aholi  
 • 2020 roʻyxat 83,614,362 (19- oʻrin)
 • Zichlik 109 kishi/-{km²}-
YaIM (XQT) 2020- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 2.382 trillion (13-)
 • Jon boshiga AQSh$ 28,294
Pul birligi Turk Lirasi (TL)
Vaqt Mintaqasi (-{UTC}-+3)
 • Yoz (-{DST}-) (-{UTC}-+3)
Qisqartma -{TR}-
Internet domen -{.tr}-
Telefon prefiksi +90

Turkiya (рус. Ту́рция), Turkiya Respublikasi (рус. Ту́рецкая Республика) — Gʻarbiy Osiyo va Janubi-sharqiy Yevropaning eng chetida joylashgan davlat.

Ushbu mintaqa asrlar davomida Xet shohligi, Assiriya, Urartu, Armeniya, Vizantiya, Gruziya (Kalxida va Iberiya), Ahamoniylar davlati (Persiya), Rim va boshqa davlatlarning katta qismi boʻlgan.

Turkiya 1952-yildan beri NATO harbiy-siyosiy bloki aʻzosi. 1999-yildan beri Yevropa Ittifoqiga kira olmaydi.

Umumiy maʼlumotlar[править | править код]

Uning 97% hududi Kichik Osiyo yarimorolida (Anatoliya), 3% ga yaqin qismi - Yevropada (Sharqiy Frakiya), Bolqon (Balkan) yarim orolining janubi-sharqida joylashgan. Qoʻshnilari shimoli-sharqda, oʻz vaqtida, SSSR (hozir Armeniya va Gruziya), sharqda Eron, janubi-sharqda Iroq, Suriya (Siriya), shimoli-gʻarbda Bolgariya, Gretsiya davlatlaridir. Yer usti chegarasining uzunligi 2,6 ming km. Shimolda Qora dengiz, gʻarbda Egey dengizi, janubda Oʻrtayer dengizi suvlari yuvib turadi. Egey dengizida bir nechta orollar (Imroz, Bozjaada va boshqalar) Turkiyaga tegishli. Bosfor va Dardanella prolivlari (bogʻozlari), hamda Mramor dengizi Turkiyaning Yevropa qismini Osiyo qismidan ajratib turadi. Umumiy maydoni 780,6 ming km². Poytaxti — Anqara.

Maʼmuriy jihatdan Turkiya 67 viloyatga boʻlinadi.

Tashqi siyosati[править | править код]

Turkiya va Yevropa Ittifoqi[править | править код]

Anchadan beri, Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan ushbu siyosiy-iqtisodiy tashkilotga kirish uchun muzokaralar olib bormoqda.

1963-yilda Turkiya, Yevropa Ittifoqi tuzilishidan oldin boʻlgan, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati bilan shartnoma imzolagan. Unda mamlakatning Ittifoqga qoʻshilish huquqi tan olingan edi. Bundan keyin hattoki 1978-1979 yillarda Turkiya Gretsiya bilan bir vaqtda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo boʻlishga taklif etildi, ammo Turkiya kutilmaganda buni rad etdi.

Oʻz vaqtida qaror qabul qilish paysalga solinishi natijasida muammo hali ham yechilmagan va mamlakat rivojlanishi va islohot oʻtkaziga toʻsqinlik qilmoqda. Buni tushungan hokimiyat vakillari Yevropa Ittifoqiga kirish Turkiyaning strategik maqsadi ekanligini taʼkidlashgan.[1]

Manbalar[править | править код]

Adabiyot[править | править код]

  • Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.