Tursun Abdurahimovich Azlarov

Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938, Toshkent) – matematik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), professor (1974), fizika-mat, fanlari doktori (1973). ToshDU ni tugatgan (1960). Toshkent Davlat Universitetida hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi matematika institutida ishlagan (1960 yildan), O‘zbekiston Res-publikasi Va-zirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy At-testatsiya komissiyasi raisi o‘rinbosari (1992–95).Ilmiy ishlari limit teoremalarga, ommaviy xizmat ko‘rsatishning matema-tik nazariyasiga va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar yor-damida yaqinlashtirish muammolariga bag‘ishlangan. A. lokal teoremalarda bir tekis baholash masalasi; g‘alvirsimon taqsimotlarning ayrim sinflari uchun teoremalar; tekis taqsimlangan va butun son qiymatli tasodifiy miqdor hamda vektorlarning ayrim sinflari uchun lokal limit teoremalarning integral teoremalarga ekvivalentligi masalalari bilan shug‘ullandi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Adabiyotlar Править

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil