Tuva tili

Материал из УзЭнц
Tuva tili
Milliy nomi: -{Тыва дыл}-
Mamlakatlar:  Rossiya
Moʻgʻuliston bayrog'i Moʻgʻuliston


 Xitoy

Mintaqalar:  Tuva
Rasmiylik holati:  Tuva
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 253 673[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Sayan guruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 tyv}-
-{ISO 639-3 tyv}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Tuva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, RFning Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-yillarning oxiri). Tuva tili markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shim.sharqiy va jan.sharqiy lahjalarga bulinadi. Tuva tilining fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va boshqa Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va boshqa Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy Tuva tili 20-a.ning 30— 50-yillarida shakllangan. Yozuvi 1930—41 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941 yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

Tuva tili (tuva tilida nomlanishi — Тыва дыл) — turkiy tillar qatoriga kiradi. Tuvalarning ona tili. Tuva tilida gaplashuvchilar soni 264 ming kishini tashkil qiladi. Rossiyaning tarkibidagi Tuva Respublikasining davlat tili. Leksikasida moʻgʻul tilining taʼsiri koʻp. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan.

Alifosi[править | править код]

Tuva alifbosi 36-ta harfdan tashkil topgan.

А а Б б В в Г г Д д Е е Ё ё Ж ж
З з И и Й й К к Л л М м Н н Ң ң
О о Ө ө П п Р р С с Т т У у Ү ү
Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш Щ щ Ъ ъ Ы ы
Ь ь Э э Ю ю Я я

Manbalar[править | править код]