Umarov, Narimon Majitovich

Материал из УзЭнц

Narimon Majitovich UmarovOʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi, partiyadan 2016-yil savlovlarida prezidentlikka nomzod[1].

Biografiyasi[править | править код]

Narimon Majitovich Umarov 1952-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti — oliy. 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1974-yilda „Gidroingeo“ ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. U sugʻorilayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq gidrogeologik prognozlarni ishlab chiqish, yer osti suvlaridan iqtisodiyotda oqilona foydalanish yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib bordi. 1997 — 2009 yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab, atrof tabiiy muhit holatini monitoring qilishda yagona davlat tizimini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni boshqargan. 2009 — 2013 yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan. 2009 yildan „Ekosan“ ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi, 2013 yildan Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi raisi etib saylangan. Egallab turgan lavozimida davlat hokimiyati vakillik organlaridagi „Adolat“ SDP deputatlik guruh¬larining faoliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. 2014 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi, 2015 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. 2012 yilda Narimon Umarov „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Manbalar[править | править код]