Usmon Yusupov

Материал из УзЭнц
Usmon Yusupovich Yusupov
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh Kotibi
27 sentabr 1937-yildan — aprel 1950-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Akmal Ikromov
Vorisi: Amin Niyozov
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisi
7-aprel 1953-yildan — 18 dekabr 1954-yilgacha
Oʻtmishdoshi: Nuriddin Muhitdinov
Vorisi: Nuriddin Muhitdinov
Bayroq
Bayroq
SSSR Paxtachilik Vaziri
5 aprel 1950-yildan — 15 mart 1953-yilgacha
Oʻtmishdoshi: lavozim joriy etilgan
Vorisi: lavozim bekor qilingan
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Raisi
17 iyul 1938-yildan — ?
Oʻtmishdoshi: lavozim joriy etilgan
Vorisi: ?
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi
yanvar 1938-yildan — iyun 1938-yilgacha
Oʻtmishdoshi: lavozim joriy etilgan
Vorisi: lavozim bekor qilingan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi (viloyat qoʻmitasi) Bosh Kotibi sifatida
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi Bosh Kotibi
iyun 1938-yildan — 1939-yilgacha
Oʻtmishdoshi: lavozim joriy etilgan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi sifatida
Vorisi: ?
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston SSR oziq-ovqat sanoati Xalq komissari
dekabr 1936-yildan — sentabr 1937-yilgacha
 
Tavalludi: 1-mart 1900-yil(1900-03-01)
Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti: 6-may 1966-yil(1966-05-06)
(66 yoshda)
Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
 
Mukofotlari:
Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni
Lenin Ordeni Lenin Ordeni I darajali Vatan Urushi Ordeni Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni
"Hurmat belgisi" Ordeni

Usmon Yusupovich Yusupov (1-mart 1900, Fargʻona tumanidagi Kaptarxona qishlogʻi — 7-may 1966, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916 yil Qovunchi (hozirgi Yangiyoʻl shahri)dagi paxta tozalash zavodida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi (1926—1928). Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1928—1931), VSSPS Oʻrta Osiyo byurosi raisi (1931—1934). Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissari (1936—1937), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1937—1950). SSSR Paxtachilik ministri (1950—1953), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953—1954), Mirzachoʻldagi „4-Boyovut“ va „2-Boyovut“ szlari? va Yangiyoʻl tumanidagi „Xalqobod“ agrarsanoat birlashmasi direktori (1955—1966).

Usmon Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari (Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar) qurilgan. 2-jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uyjoy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Usmon Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida imkoniyat doirasida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyosatida (1937——1939) Markaz farmoyishlarini bajarishga majbur boʻlgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Katta Fargʻona kanali, Fargʻona tumanidagi qishloq, respublikadagi bir necha maktab, koʻcha, shirkat xoʻjaligiga Usmon Yusupov nomi berilgan. Yangiyoʻl shahrida uy muzeyi bor, haykali mavjud[1][2].

Manbalar[править | править код]

  1. Избранные труды, t. 1—3, T., 1982—84. Ad.\ Reskov B., Sedov G., Usman Yusupov, T., 1977
  2. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.