Uygʻur tili

Материал из УзЭнц
Uygʻur tili
Milliy nomi: -{ئۇيغۇرچە, Uyghurche, Уйғурчә}-
Mamlakatlar: Xitoy Xalq Respublikasi XXR
Qozogʻiston Qozogʻiston
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Uygʻuriston (Xitoyning Sinzyan-Uygʻur avtonom viloyati)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: ~25 million
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: arab, kiril, lotin
Til kodlari
-{ISO 639-1 ug}-
-{ISO 639-2 uig}-
-{ISO 639-3 uig}-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Uygʻur tili, yangi uygʻur tili — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning SintszyanUygʻur muxtor rayoniaa, shuningdek, Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston respublikalarida, Afgoniston, RF va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,7 mln. (jumladan XXR da 7,5 mln.) kishidan ortiq. "Uygʻur", "Uygʻur tili" atamalari 1921 yilda yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloye tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: Gʻarbiy Xitoy tatar tili, Xitoy musulmonlari tili, Gʻarbiy Xitoyning turkiy laxjalari, Sharqiy Turkiston tili va boshqalar) Uygʻur tili kad. uygur tilining davomchisi hisoblanmaydi.

Uygʻur tili 3 lahjaga boʻlinadi: markaziy (ili, turfon, qashqar, koʻmul, urumchi, karashar, koʻchor, qoʻrlin oqsu, yorkand shevalaridan iborat) — hozirgi adabiy Uygʻur tili ga asos boʻlgan; sharqiy (lobnor) va jan. (xoʻtan). Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yashovchi uygʻurlarning 2 lahjasi boʻlib, ularning nomlanishida (iliyettisuv, qashqarfargʻona) uygʻurlarning Gʻarbiy Xitoydan Yettisuv va Fargʻonaga koʻchib oʻtganliklari aks etgan.

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda Uygʻur tilida unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi (bashbeshi (boshboshi), tagtaqqa] mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduksiyasi (sinilsiqlim), undoshlarning tushib qolishi (odekordek, kesenchukelsan,chu), baʼzan oʻzak va qoʻshimcha oʻrtasida tovush orttirilishi (su—suyi (suv —suvi), toxu — toxurim (tovuq — tovugʻim) kuzatiladi.

Uygʻurlar 8-a. gacha qad. uygʻur yozuvidan, IIa. gacha sugʻd alifbosiga asoslangan yozuvdan, 11-a.dan eʼtiboran arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Sobiq SSSR qududida yashagai uygʻurlar 1930 y. gacha arab, 1930—46 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan; 1946 yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan unga uygʻur fonemalarini ifodalovchi qoʻshimcha harflar qoʻshgan holda foydalanadilar. XXR dagi uygʻurlar hozirgi gacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar (1960—65 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuv ishlab chiqilib, 1965—80 yillarda har ikkala alifbo parallel qoʻllangan, 1982 yildan yana arab grafikasining oʻzi qolgan).

Uygʻur tili — oltoy tillari oilasining turkiy tillar turumidagi qarluq guruhiga kiruvchi tildir. Oʻzbek tiliga eng yaqin til. Uygʻur tili Xitoyda, Qozog'istonda Uygʻurlar koʻp istiqomat qiladigan joylariga qoʻllaniladi. Xitoydagi uygʻurlar arab alifbosi asosida, Qozogʻistondagilar esa krilitsada yozishadi.