Vardonxudot

Материал из УзЭнц

Vardonxudot — hozirgi Buxoro vohasining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan kichik davlat (6-a. oxiri —8-a. boshi) — Vardonze podshoxlarining unvoni. V. Zarafshon vodiysidagi hukmdorlar ichida eng kuchlisi boʻlgan. Shuning uchun ham 8-a. boshida Turkistonga kelgan arab fotihi Qutayba ibn Muslim V. bilan boʻladigan toʻqnashuvga alohida eʼtibor bergan. Buxoro tarixchisi Narshaxiyning yozishicha: "... Bir vazir Turkistondan kelgan edi: nomi Vardonxudot: Vardona yerlari unga tegishli edi. Qutaybaga u bilan koʻp urush qilishga toʻgʻri kelgan edi...". "Tarixi Tabariy"da hikoya qilinishicha, jangda arab qoʻshinlari V.dan yengilgach, Qutayba hiyla ishlatib V.ga yordamga kelgan sugʻd hokimi Tarxun bilan sulh tuzib, dushmanni zaiflatib, soʻngra uning ustidan gʻalaba qilgan (708709 y.lar).

Adabiyotlar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil