Venger tili

Материал из УзЭнц
Venger tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Venger tilivengerlar tili. Fin-ugor tillari oilasining ugor guruhiga mansub. U asosan Vengriyaning oʻzida va u bilan chegaradosh boʻlgan Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpate viloyatlarida tarqalgan. V. t. da 13,83 mln. kishi soʻzlashadi.

V. t. fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uygʻunlashuvi xosdir. Bu holat soʻz negizlarida koʻshimcha orttirilganda kuzatiladi. Soʻz urgusi esa asosan birinchi boʻgʻinga tushadi. V. t. morfologik nuqtai nazardan agglyutinativ. Otlar son (birlik va koʻplik), kelishik (20 ga yaqin) bilan turlanadi. Ularda grammatik jins yoʻq. Sifat va sonlar boshqa soʻzlar bilan bitishuv orqali birikadi. Otlar suffiks va negizlar birikuvi vositasida yasaladi. Feʼllar son (birlik va koʻplik), uch shaxe, uch zamon, uch mayl (aniklik, buyruq, shart) bilan tuslanadi. Yordamchi soʻzlar — koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklamalar, aniq va gumon artikllaridan iborat. Leksikasida koʻpgina turkiy va nemis tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor.

V. t. yozma yodgorligi 14-a. ning 2-yarmiga oid boʻlib, qabr toshlarida uchraydi. 17-a. dan venger adabiy tili shakllana boshlagan. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Manbalar[править | править код]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[править | править код]