Xayriddin Sultonov

Материал из УзЭнц
Xayriddin Sultonov
Bayroq
Bayroq
3-й Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijodiy ishlar boʻyicha davlat maslahatchisi
2001-yildan
Prezident: Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Xayrulla Joʻrayev
 
Tavalludi: 15-yanvar 1956 (1956-01-15) (68 yosh)
Toshkent
 
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni

Sultonov Xayriddin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻi) — yozuvchi, publitsist.

Biografiyasi[править | править код]

Ijodi[править | править код]

S. oʻzining ocherk, hikoya va qissalarida, asosan, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ularning ruhiy olamidagi insoniy goʻzallikni, sodda, pokiza, mehnatkash kishilarning yaxlit obrazlarini yaratgan. S. tarixiy mavzularga ham murojaat etib, Navoiy, Ulugʻbek, Bobur, Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan asarlar yezdi ("Boburning tushlari", qissa va xikoyalar). Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzolari bilan birga qilgan safari taassurotlari asosida esa "Boburiynoma" maʼrifiy romanini yaratdi. S. mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida maʼrifiy roman janrini boshlab berdi. Asarlari nafis lirizm, tasvir madaniyati, tilining mayin, shirali va ranginligi bilan ajralib turadi. S. dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham qalam tebratib, "Changak", Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan "Moziydan bir sahifa" videofilmlari, shuningdek, yozuvchining romani asosida koʻp seriyali "Mehrobdan chayon" videofilmi ssenariysini yaratdi. Uning "Tushlarimda koʻrib yigʻlayman" va "Yozning yolgʻiz yodgori" ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. "Sarhovuzning boʻylarida" (1992) pyesasi muallifi. A.SentEkzyuperi, Yu.Nagibin va V.Shukshinning hikoya hamda qissalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. "Shuhrat" medali (1996), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]

Manbalar[править | править код]