Xitoy: различия между версиями

4544 байта убрано ,  3 года назад
Dubl
(Qoʻshimcha maʼlumot)
(Dubl)
Строка 235:
Xitoyda birinchi film 1913 yil yaratilgan ("Soxta erxotinlar"). 1920—30-yillarda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi ("Baliqchi qoʻshigʻi", "Yoʻl", "Chorraha" va boshqalar). 1940 yillarda Xitoy kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar ("Sungari daryosida", "Bahorgi suvlar sharqqa oqadi", "Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl" va boshqalar). 1938 yil sentabrda tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda "Yanan va 8armiya", "Doktor Norman Betyun", "Nannivan" kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946 yil Xitoy shimoli-sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shimoli-sharq) studiyasi (keyinchalik Chanchun) tashkil etildi. "Xitoy kizlari" (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), "Poʻlat askar" (rejissyor Chen In), "Oq sochli qiz" (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), "Partiya kizi" (rejissyor Lin Nun), "Tinchlik yoʻlida" (rejissyor Xuan Szolin) filmlari 1950-yillardagi eng yaxshi filmlardir. 1950 yil Pekin shahrida kinematografiya instituti tashkil etilgan. 1960-yillarning oʻrtalaridan filmlar ishlab chiqarish kamaydi. 1967—69 yillarda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976 yildan keyin kino ishlab chiqarish astasekin tiklana boshladi. 1980-yillarda qishloq hayoti mavzusidagi "Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa", "Syuy Mao va uning kizlari", "Qishloqqa muhabbat" va boshqa filmlar yaratildi. "Sian hodisasi", "Nanchan qoʻzgʻoloni" filmlarida inqilob tarixidan muhim lavhalar aks ettirildi. "Qon har doim qaynoq", "Koʻprik ostida" filmlari hozirgi zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. "Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi", "Oʻrtacha yosh", "Yilqichi" kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. Xitoyda badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi.
 
== Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari}}
 
Rasmiy nomi '''Xitoy Xalq Respublikasi'''. Poytaxti — [[Pekin]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
Xitoy [[Gʻarbiy Osiyo]]da joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 million km<sup>2</sup> ni tashkil etadi. [[Osiyo]]dagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan [[Кanada]] va [[Rossiya]]dan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: [[Afgʻoniston]], [[Butan]], [[Birma|Myanma(Birma)]], [[Hindiston]], [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Laos]], [[Moʻgʻuliston]], [[Nеpal]], [[Pokiston]] (talash hudud boʻlgan [[Кashmir]]), [[Koreya Xalq Demokratik Respublikasi|KXDR]], [[Rossiya]], [[Tojikiston]] va [[Vyеtnam]]. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117&nbsp;km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni [[1949|1949-yildan]] Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.
 
== Tarixi ==
{{main|Xitoy tarixi}}
 
== Geografiyasi ==
{{main|Xitoy tabiati}}
 
<big>Bambukzorlar</big>
 
Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.
 
<big>Xuanxe (Sariq daryo)</big>
 
Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464&nbsp;km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642 yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan
 
<big>Lushan togʻlari</big>
Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000 yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan.
Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan.
Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996 yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998 yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.
 
== Itisodiyoti ==
Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009 yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.
 
== Dini ==
Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, dunsyan, salar va baoan xalqlarining baʼzi vakillari islom diniga eʼtiqod qiladi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.
 
== Madaniyati ==
{{main|Buyuк Хitoy dеvori}}
 
== Xitoy haqidagi maqolalar ==
{{main|Xitoy va xitoyliklar}}
 
== Galereya ==