Xiyobontepa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Xiyobontepa — Toshkent shahrining Eski shahar qismi markazida, Kaykovus kanali boʻyida joylashgan arxeologik yodgorlik, qishloq tutashgan qasrkoʻshk (7a.; 9—13-a. boshi).
Tarixi[править | править код]
- 1924-yilda M.Ye. Masson tomonidan qayd etilgan,
- Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tekshirgan (1968—69).
Xom gʻishtdan qurilgan koʻshkning eng baland tagkursi qismi xarobalari saqlangan. Saqlanmagan yuqori madaniy qatlami 9—12-a.larga mansub boʻlib, oʻsha davrda qasr Binkatning ichki rabodi tarkibiga kirgan va uning xarobalari rabod binolari ostida qolib ketgan.
Xiyobontepa shahar hududi sifatida moʻgʻullar istilosiga qadar (13-asrning 1-choragi) mavjud boʻlgan.
Manbalar[править | править код]
| Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |
