Xorazmiy tili: различия между версиями
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (1 revision imported: Tillar) |
Sf7 uz (обсуждение | вклад) м (Text replacement - "{{OʻzME}}" to "{{ЎзМЭ}}") |
||
(не показана 1 промежуточная версия этого же участника) | |||
Строка 69: | Строка 69: | ||
{{Eron tillari}} |
{{Eron tillari}} |
||
{{ |
{{ЎзМЭ}} |
||
[[ |
[[Category:Eron tillari]] |
||
[[ |
[[Category:Oʻlik tillar]] |
||
[[ |
[[Category:Xorazm]] |
||
Текущая версия от 23:30, 5 июля 2021
- Ushbu tilni turkiy xorazm tilidan farqlash lozim
Xorazmiy tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{xvarazmiy}- |
Mamlakatlar: | Xorazm |
Mintaqalar: | Oʻrta Osiyo |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | Yevroosiyo tillari |
Hind-Yevropa oilasi
| |
Alifbosi: | aramey yozuvi, arab yozuvi |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | }- |
-{ISO 639-2 | }- |
-{ISO 639-3 | }- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Xorazmiy tili — Amudaryo sohillari, Markaziy Osiyodagi qadimgi Xorazm davlati aholisining tili. Hind-Yevropa tillari ostguruhining eron guruhiga kiradi.
Xorazmiy tili — eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub ulik til. Amudaryo etaklarida, tarixan Xorazm deb nomlangan hududda tarqalgan; mil. av. 2— 1-a.lardan mil. 8-a. oʻrtalarigacha qad. Xorazm davlatining rasmiy tili boʻlgan. Mil. av. 3—2-a.larga tegishli yodgorliklardan maʼlum; asosiy manbalari (arabcha qoʻlyozmalardagi xorazmiycha soʻz va iboralar) 12— 14-a.larga mansub.
Xorazmiy tilining unlilar tizimida a, i, u, ye, e tovushlarining choʻziq, qisqa va burunlashgan turlari farqlanadi. Undoshlar tizimida 27 ta fonema boʻlgan. Oʻziga xos morfologiksintaktik xususiyatlarga ega. Mas, ot turkumiga 3 kelishik, 2 jins va 2 son shakli, anikdik artikli xos boʻlgan. Ushbu va boshqa holatlar Xorazmiy tilida qad. eron tiliga xos xususiyatlar saqlanganligidan darak beradi. Hozirgi Xorazm shevalarini oʻrgangan olimlar Xorazmiy tiliga oid baʼzi soʻzlar ana shu shevalar leksikasida, toponimikasida mavjudligini qayd etadilar. Mas, "patik" — ship, "kunda" — omoch, "yop" — ariq kabi suzlarni, Yndavak, Pishkanak, Arvak toponimlarini Xorazmiy tili ga oid deb taxmin qiladilar.
Xorazmiy tili 9-a.gacha oromiy alifbosi asosidagi yozuvdan foydalangan; 10-a.dan esa 5 ta harf bilan toʻldirilgan arab alifbosi qoʻllangan. Zamaxshariynit "Muqaddimat uladab" asari qoʻlyozmasining Xorazm varianti (1200) ana shu yozuvda bitilgan. Xorazmiy tili 15—16-a.larda batamom ulik tilga aylangan.
Ad. Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazik, ch. 1, M. — L., 1951; Livshits V. A., Xorezmiyskiye dokumenti, v kn.: Toprakkala. Dvorets, M., 1984.
Anvar Ismoilov.
Manbalar[править | править код]
Qadimgi yozuvlar (kulolchilik buyumlaridagi) mil. av. V—III asrlardagi aramey yozuvida boʻlgan. Arab bosqini natijasida eramizning VIII asrlaridan boshlab arab alifbosi qoʻllanila boshlangan.
Olimlarga asosan X—XIII asrlardagi arab grafikasining qoʻshimcha belgilari bilan yozilgan arab tilidagi adabiyotlarda uchraydigan soʻz va iboralardan, kulolchilik buyumlaridagi (er. ol. V-III asrlardagi), tangalardagi alohida yozuvlardan, aramey yozuvi asosidagi daraxt va teridagi (III-IV asrlardan boshlab) hujjatlardan maʼlum.
Eramizning birinchi asrlaridan boshlab Xorazmga gunniy turkiyzabon guruhlari kirib kela boshlaydi, Turk xoqonligi davrida esa VI asr oʻrtalarida turklashtirish jarayoni kuchaydi va XI asrda saljuqiylar davrida eng yuksak pogʻonaga erishdi.
1220-yilda, Chingizxon qoʻshinlari bosqini natijasida Xorazmshohlar davlati parchalandi, Xorazm Juchi ulusiga, keyin esa Oltin Oʻrda tarkibiga kirdi. XIV asrning birinchi yarmida Xorazm taraqqiyotning yangi davriga qadam qoʻydi, bu vaqtga kelib xorazmiylar tilining turklashtirilishi jarayoni adogʻiga yetdi.
Fonetika[править | править код]
Xorazmiy tilida fonetika uchun ikkita qorishiq tovush č va с, sirgʻaluvchi J, d mavjudligi xosdir.
Morfologiyada otlar paradigmasida uchta, ayrim tizimlarda toʻrtta kelishik, ikkita rod va son, artikllar kuzatiladi. Feʼlda esa — oʻtgan davrning arxaik flektiv shakllanishi va perfekt, plyuskvamperfekt, kelgusi davr va bir qator modal shakllarning innovatsion tahliliy tuzilishi kuzatiladi. Gap tuzilishi jihatidan aniqlovchini oldinda joylashtirish, feʼlni gapning oxiriga oʻtkazish xosdir.
Toponimlar[править | править код]
Qadimgi xorazmiy tili asosida yaratilgan ayrim toponimlar bizgacha yetib kelgan: Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan, Pitnak va boshqa
Havolalar[править | править код]
Adabiyotlar[править | править код]
- Freyman A. A., Хорезмийский язык, [ч.] 1, М. — Л., 1951;
- Bogolyubov M. N., Местоимения в хорезмийском языке, «Краткие сообщения института народов Азии», 1963, в. 67;
- Henning W. В., The structure of the Khwarezmian verb, «Asia Major», new series, 1955, v. 5, p. 1;
- Humbach Н., Neue chwaresmologische Arbeiten, «Zeitschrift der Deutschen Morgenlandischen Gesellschaft», 1973, Bd 123, H. 1.
Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган. |