Xuroson-turkiy tili
Xuroson-turkiy tili | |
---|---|
Milliy nomi: | -{Тюрки хорасани}- |
Mamlakatlar: | Eron |
Mintaqalar: | Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy |
Rasmiylik holati: | |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 1,000,000[1][2] kishi. (baholash, 1993) |
Tartiblovchi tashkilot: | |
Oʻrni: | |
Holati: | |
Turkumlanishi | |
Turkum: | Yevroosiyo tillari |
Oltoy oilasi | |
Alifbosi: | yozuvsiz |
Til kodlari | |
-{ISO 639-1 | yoʻq}- |
-{ISO 639-2 | tut}- |
-{ISO 639-3 | kmz}- |
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik |
Xuroson-turkiy tili (turkiy xurosoní) — shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi turkiyzabon xalqning tili.
Xuroson-turkiy tili oʻzbek tilining xorazm (oʻgʻuz) shevasi va turkman tiliga yaqin boʻlgan holda turkiy tillar oʻgʻuz guruhining sharqiy tarmogʻiga mansub tildir.[3] Tilshunoslar xuroson-turkiy tilini ozarbayjon va turkman tillarining, uning ham, buning ham shevasi boʻlmagan oraliq nutq deb hisoblaydilar..
Eronda xuroson-turkiy tilida Bojnurd, Sebzavor, Guchan va Mashhad shaharlari atrofida yashovchi taxminan 400 ming kishi soʻzlashadi.[4]
Bu tilda 9 unli va 24 undosh fonema mavjud. Soʻz shakllanishiga unli tovushlar uygʻunligi (singarmonizm) xosdir. 7 ta kelishik mavjud (birgalik kelishigiga kiritilgan -nan/-næn shakli boshqa oʻgʻuz tillaridagi «ot. + koʻmakchi ile/ilæ» formulasiga mos keladi). Feʼllar shaxslar, sonlar, vaqtlar, nisbatlar va turlar boʻyicha oʻzgaradi.
Shuningdek qarang Править
Eslatmalar Править
- ↑ Doerfer, G. & Hesche, W.1993. Chorasantürkisch, Wörterlisten, Kurzgrammatiken, İndices. (Turcologica 16.) Wiesbaden: Harrassowitz, pp. 7,14
- ↑ Encyclopædia Iranica :TURKIC LANGUAGES OF PERSIA: AN OVERVIEW
- ↑ Ulrich Ammon, Norbert Dittmar, Klaus J. Mattheier, Peter Trudgill (2006). "Central Asia and Mongolia", Sociolinguistics. Berlin: Walter de Gruyter. ISBN 3110184184.
- ↑ Boeschoten, H (1998). "The speakers of Turkic languages", in L. Johanson and É. Á. Csató (eds): The Turkic languages. London: Routledge. ISBN 978-0-415-41261-2.
Havolalar Править