Yagʻnob tili

Материал из УзЭнц
Yagʻnob tili
Milliy nomi: -{}-
Mamlakatlar:
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi:
Til kodlari
-{ISO 639-1 }-
-{ISO 639-2 }-
-{ISO 639-3 }-
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Yagʻnob tilieroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub va Tojikistondagi Yagʻnob daryosi vodiysida tarqalgan til. Yagʻnob tili qadimiy sugʻd tili lahjalaridan birining rivojlanishi natijasidir. Unda soʻzlashuvchilar 2,5 ming kishiga yaqin. 2 ta asosiy (gʻarbiy va sharqiy) va bir qancha oraliq shevalarga ega. Ular oʻrtasidagi tafovutlar asosan fonetika va qisman morfologiya, leksika sohalarida kuzatiladi.

Lugʻat tarkibi tojikcha oʻzlashmalar va tojik tili orqali kirib kelayotgan boshqa millat soʻzlari bilan boyib bormoqda. Asl yagʻnob soʻzlari bilan oʻzlashmalarning oʻzaro nisbati turli soʻz turqumlarida turlichadir. Mas, asl yagʻnob soʻzlari feʼl va olmosh turkumlarida koʻproq uchraydi. Yagʻnoblar oʻz hududlaridan tashqarida va tojiklar orasida faqat yagʻnob soʻzlaridan iborat maxfiy tildan foydalanadilar. Oʻz yozuviga ega emas, yozma til sifatida tojik tili qoʻllanadi.

Ad.Xromov A.L., Yagnobskiy yazmk, M., 1972.