Yangiyer

Материал из УзЭнц
Shahar
Yangiyer
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Sirdaryo viloyati
Koordinatalari 40°16′0″N 68°49′0″E / 40.26667°N 68.81667°E / 40.26667; 68.81667Koordinatalari: 40°16′0″N 68°49′0″E / 40.26667°N 68.81667°E / 40.26667; 68.81667
Aholisi 30 254 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yer uchun hali jyolashuv xaritasi mavjud emas.

YangiyerSirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. Shaharga 1957 yil da asos solingan. Toshkentdan 150 km janubi gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻl, Katta Uzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 30 km uzoqlikda. Aholisi 30 ming kishi (2004). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subʼyektdan 34 tasi yirik, 46 tasi kichik korxona, 332 mikrofirma, 2 qoʻshma korxona, 2 aksiyadorlik, 32 masʼuliyati cheklangan jamiyatdir. Qurilish tashkilotlari, 3 avtokorxona, taʼmirlashmexanika, asfaltbeton, sopol quvurlari, un, non, sut zavodlari, qandolatpazlik fabrikasi, savdo, madaniy, va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari bor. 10 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziyainternat, akademik litsey, 3 kasb-hunar (qurilish, tibbiyot, pedagogika) kolleji mavjud. 2 madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogʻi bor. 60 ta sport inshooti, shu jumladan, stadion, sport zallari, 2 suzish havzasi, sport maydonchalari, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar futbol maktabi, "Yangiyer" futbol komandasi faoliyat koʻrsatadi. Sayyohlik tashkiloti mavjud. Shaharda 1 ta dehqon bozori, 3 ta kasalxona, 4 ta poliklinika, 2 ta xususiy davolash maskani, 1 ta dam olish maskani, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Jarqoq — Toshkent gaz quvuri shaharni gaz bilan taʼminlaydi. Ya. dan Toshkent, Guliston, Jizzax, Balandchaqir, Boyovut va boshqalar yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.